YeTTBning sobiq rahbari Suma Çakrabarti Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning iqtisodiy rivojlaniş, samarali boşqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari böyiça maslahatçisi böladi. 

«Men [Prezident Şavkat Mirziyoyevga] islohotlar dasturini amalga oşirişda yordam beriş vaqti kelişini orziqib kutyapman», - deb yozgan Suma Çakrabarti Twitter’da.

Suma Çakrabarti 2012 yil iyulidan 2020 yil iyuligaça YeTTB prezidenti bölib işlagan. YeTTBga rahbarlik qilişdan avval u Xalqaro taraqqiyot departamentining doimiy kotibi (2002-2007) bölgan va Birlaşgan Qirollikning Adliya vazirligida (2007-2012) işlagan.

Joriy yilning iyul oyida Suma Çakrabarti Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning farmoniga köra «Özbekiston Respublikasi hamda Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki örtasidagi strategik şeriklikni yölga qöyiş va köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş borasidagi ulkan xizmatlari» uçun «Döstlik» ordeni bilan mukofotlandi.