Madaniyat va san'atni rivojlantiriş jamğarmasi Respublika bolalar kutubxonasi binosini rekonstruksiya qiliş böyiça tasdiqlangan loyihani taqdim etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar bermoqda.

XIX asrda qurilgan mazkur binoning yangilanişi va unda yangi ta'lim va madaniyat muassasasining taşkil etilişi Jamğarmaning Özbekistonda metsenatlik faoliyatini rivojlantirişdagi sa'y-harakatlari bilan amalga oşirildi. Madaniy meros obektlarini saqlaş, muhofaza qiliş va ulardan foydalanişda metsenatlarni jalb qiliş Özbekiston Respublikasining "Metsenatlik töğrisida"gi Qonunida nazarda tutilgan.

Loyiha Ludi Architecs (Sankt-Peterburg) arxitektura byurosi tomonidan işlab çiqilgan bölib, u kutubxonalar va kitob fondlari bilan işlaşga ixtisoslaşgan. Me'morlarning fikriga köra, rejalaştirilgan rekonstruksiya işlari içki elementlar intereriga va joylaşuviga minimal darajada ta'sir qiladi. Şu bilan birga, kutubxonada 0 yoşdan 16 yoşgaça bölgan bolajonlar uçun kovorking maydoni, laboratoriyalar, ma'ruzalar va mahorat darslari uçun köçma zal taşkil etiladi.

Loyiha böyiça bolalar kutubxonasi texnologlari ham iş olib bormoqda, ular muassasaning tuzilişini jahon standartlariga javob beradigan darajaga olib çiqişda öz yordamlarini beradi. Ular kitob fondi işlarini taşkil qiliş, nazorat qiliş va naşrlarni izlaş tizimini yölga qöyişadi, bunday naşrlardan 200 ming nusxasi mavjud bölib, bu mintaqadagi bolalar kitoblarining eng yirik töplamidir. 

Bundan taşqari, kutubxona barça inklyuziv talablarga javob beradigan qulayliklarga ega bölişi rejalaştirilgan.