Respublika maxsus komissiyasi bayoniga köra, Jahon soğlikni saqlaş taşkiloti tavsiyalari asosida dezinfeksion tunnellardan foydalaniş töxtatildi.

Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabariga köra, korxonalar, taşkilotlar, muassasalar, jamoat joylari, bino va inşootlarga kiriş joyida tana haroratini kontaksiz ölçaş, taşrif buyuruvçilarni zarur holatlarda tibbiy yoki bir martalik niqoblar bilan ta'minlaş, şuningdek, kiriş qismida taşkil qiliş uçun qulay joyda teri uçyn antiseptik eritmalari bölgan sanitayzer-dispenser qurilmalari örnatiş amaliyoti joriy etiladi. 

Bunda uşbu amaliyotlarni tegişli qoidalar asosida olib boriş böyiça mas'uliyat va javobgarlik muassasa va taşkilotlarning birinçi rahbarlari zimmasida bölib, mazkur tadbirlariga rioya etilişi yuzasidan nazoratni amalga oşiriş Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati va tegişli huquqni muhofaza qiluvçi organlar zimmasiga yuklatildi, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Özbekistonda dezinfeksiya tunnellari taqiqlanayotgani ma'lum qilingandi.