2020 yilning 8 sentabr kuni soat 08:30da yuk avtomaşina haydovçisi, 26 yoşli R.I. Farğona viloyati Uçköprik tumani Töqsonqovun qişloğida joylaşgan MÇJga qaraşli ğişt zavodi hududida tanişi, 26 yoşli M.T. bilan ğişt ortiş navbati böyiça özaro janjallaşgan.

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, janjal oqibatida R.I. qölida bölgan ğişt bilan M.T.ning boş qismiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada, M.T. boş sohasi tan jarohatlari bilan tibbiyot muassasasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uçköprik tuman IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (badanga qasddan oğir şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. R.I. gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilingan. 

Tergov harakatlari davom etmoqda.