Qaşqadaryo viloyatidagi maktablarda işlovçi 855 nafar öqituvçi dastlabki tekşiruvda koronavirusga gumon qilingan, ulardan qaytadan test olinadi. Bu haqda viloyat SEOM axborot xizmati ma'lum qildi.
Avvalroq Qaşqadaryo viloyat XTB boşliği Abduğani Himmatov bergan ma'lumotga asoslangan holda, viloyatdagi maktablarning 855 nafar pedagogida COVID-19 çiqqani haqida xabar berilgan edi.
Viloyat SEOMdan aniqlik kiritilişiça, laboratoriya tekşiruvidan ötgan mazkur xodimlar virus yuqtirganlikda gumonlanib, dastlabki xulosalar berilgan.
«Ularda koronavirus alomatlari mavjud emasligini alohida ta'kidlaş zarur. Şunday bölsa-da, ular zaruriy dori darmon, tibbiy vositalar bilan ta'minlanib, şifokorlar tomonidan kuzatuvga olindi. Navbatdagi bosqiçda esa virusni yuqtirganlikda gumonlangan pedagog xodimlar yana bir bor tekşiruvdan ötadi. Bu haqda qöşimça ma'lumotlar taqdim etib boriladi», – deyiladi SEOM axborotida.
Qayd etilişiça, viloyatda 1151 ta umumta'lim maktabi mavjud bölib, ularda 55 562 nafar öqituvçi va boşqa xodimlar işlab kelmoqda. 15 sentyabrga qadar SEOMlar orqali 32 892 nafar pedagog xodimdan koronavirusga test olingan.
Qöşimça qilinişiça, şu kunga qadar viloyat SEOMning maxsus laboratoriyasida 201 319 nafar fuqarodan olingan tahlil natijalari körib çiqilgan bölib, 15 sentabr soat 10:00 holatiga köra, viloyatda jami 1034 holatda COVID-19 bilan kasallaniş qayd etilgan.
«Ayni paytda esa virusni yuqtirib olgan 958 nafar bemor davolanib, soğayganlarning umumiy körsatgiçi 93 foizni taşkil qilmoqda», – deyiladi rasmiy xabarda.
Eslatib ötamiz, 14 sentyabrdan boşlab Özbekistondagi maktablarning taxminan 25 foizida an'anaviy ta'lim yölga qöyildi, ayni paytda butun respublika öquvçilari uçun masofaviy darslar boşlandi.
1 oktyabrgaça barça umumta'lim maktablari oçilişi kutilmoqda. Şu munosabat bilan öqituvçilardan COVID-19'ga test olinyapti. Soğliqni saqlaş vazirligi 11 sentabr holatiga 56,6 foiz pedagog (275,6 ming nafar) tekşiruvdan ötkazilganini bildirgan


















