Masdar Energy kompaniyasi (BAA) Navoiy viloyatining Tomdi tumanida şamol salohiyatini örganiş uçun törtta meteorologik ustun (meteo-maçta) örnatdi. 

Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, bu Navoiy viloyatida 500 MVt quvvatga ega şamol elektr stansiyasini (ŞES) quriş loyihasini amalga oşirişning navbatdagi bosqiçi hisoblanadi.

Qayd etilişiça, kelajakdagi şamol elektr stansiyasining quriliş maydonidagi şamol potensialini örganiş natijalari loyihaning texnik-iqtisodiy va moliyaviy asoslanişini yakunlaş imkonini beradi, bu esa xalqaro moliya institutlari bilan kredit şartnomalarini tuziş uçun asos bölib xizmat qiladi.

2020 yil 8 iyun kuni “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Masdar Energy kompaniyasi örtasida elektr energiyasini sotib oliş töğrisida şartnoma imzolangandi. Uşbu şamol elektr stansiyasini işga tuşiriş 2023 yilga rejalaştirilgan.

Özbekiston Energetika vazirligi Birlaşgan Arab Amirliklarining uşbu kompaniyasi bilan qayta tiklanadigan energetika sohasidagi yagona qöşma loyihasi emas. Masdar, şuningdek, Navoiy viloyatida 100 MVt quvvatga ega fotoelektr (quyoş) stansiyasini quriş böyiça xalqaro tanlovning birinçi bosqiçi ğolibi hisoblanadi.

Kompaniyaning ğalabasi işlab çiqarilgan elektr energiyasining 1 kVt. soatiga 2,679 AQŞ senti tarifini va FES qurilişining 12 oylik muddatini taklif qilgan. BAA mutaxassislari fikriga köra, quyoş elektr stansiyasi yiliga 260 million kVt. soat elektr energiyasi işlab çiqaradi.