«Temir daftar» böyiça navbatdagi spektakl: rollarda yana mahalla raisi va tuman mutasaddilari (takror e'lon qilinmoqda)
|20:20 / 19.09.202050 3469 min
Samarqand viloyati Past Darğom tumanidagi «Temir daftar» va «1000 ta jöja» voqeasi köpçilikning yodidan kötarilib ulgurmagan bölsa kerak. Navbatdagi şunga öxşaş hangoma Qaşqadaryo viloyatining Kitob tumanida sodir böldi.
Şu yilning 7–8 sentabr kunlari AOKA tomonidan jurnalistlar uçun kambağallik röyxati («temir daftar»)ga olingan oilalar holati bilan tanişiş, ularga körsatilayotgan yordamlarni örganiş maqsadida Qaşqadaryo viloyatiga press-tur taşkil qilindi.
Press-tur davomida viloyatning qator hududlarida aholi vakillariga körsatilayotgan yordamlar, odamlarni daromadli qiliş borasida qilinayotgan işlar bizni xursand qilgan bölsa, yana ayrim hududlarda körganimiz xöjakörsinga qilinayotgan işlar hafsalamizni pir qilgani ham bor gap.
Quyida Qaşqadaryo viloyati Kitob tumanidagi bir mahalla misolidagi örganişlarimiz haqida söz boradi.
8 sentabr kuni, erta tongdan tuman hokimi Alişer Zokirov ijodiy jamoamizni Yakkatut mahallasiga boşladi. Uning aytişiça, mahallada 81 nafar fuqaro oilaviy şaroiti oğirligi va pandemiya vaqtida daromadini yöqotgani uçun «temir daftar»ga olingan.
Zokirovning qöşimça qilişiça, uşbu fuqarolarning 6 nafariga mahalla hududidagi samarasiz deya hisoblangan 10 gektar boğ hududi sabzavotçilik fermer xöjaligi sifatida bölib berilgan.
Mazkur dala hududida bizni kutib olgan Yakkatut mahallasi raisi Bahodir Yangiboyev bizni :«Bu odamlar «temir daftar»da bölgani uçun ularga yer berdik va yaqin orada kambağallik röyxatidan ham çiqarmoqçimiz, çunki endi ular doimiy daromadli kişilar», deya mahallaning 6 nafar fuqarosi bilan uçraştirdi.
Qarangki, bizga taniştirilgan kişilar ham mahalla raisining gaplarini tasdiqladi. Ya'ni ular özini «temir daftar»da bölgani uçun yer olgan kişilar sifatida körsatişdi.
Ammo biz barçasiga yana bir bor işonç hosil qiliş uçun uşbu fuqarolarning ism-şariflarini mahallaning «temir daftar»idagi fuqarolar röyxati bilan soliştirib körmoqçi böldik. Ammo soliştirişda ma'lum böldiki, bizga körsatilgan 6 nafar fuqarodan faqatgina bir nafari mahallaning «temir daftar»iga kiritilgan ekan. Yana bir fuqaroning holati esa bahsli. Bu haqda sal keyinroq.
Biz dastlab «temir daftar»da bölmagan, ammo bizga röyxatda deya körsatilgan 6 nafar fuqaroning holati yuzasidan mahalla raisi Bahodir Yangiboyevdan izoh söradik. Ammo Yangiboyevning javobi juda mujmal. Xuddiki, barçasiga yer olgan odamlarning özi va ularning bilimsizligi sabab.
Mavzuga oid
Bahodir Yangiboyev
«Şu yerda kartoşka ekkanlar biz ham «temir daftar»da bormiz, deb öylaşdi. Ular tuşunmagan», – deya vaziyatni izohladi mahalla raisi.
Bizni dalaga boşlab kelgan tuman hokimi Alişer Zokirovga mikrofon tutdik.
Alişer Zokirov
«Şu holat yuz berganda men ham bor edim, hammasini eşitdim. Biz borgan joy azaldan samarasiz boğ bölgan. Şu samarasiz boğni buzib, fermerlarga bölib berdik.
Böliniş jarayonida yer olganlardan ikkitasi haqiqatan ham «temir daftar»dagilar edi. Öşa paytda siz savol berganingizda mahalla raisi 6 kişi deb aytdi. Suriştirib körganimizda esa men adaşdim, deyapti. Lekin öşa joyda siz körgan insonlarning barçasi kam taminlangan kişilar edi, ammo ularning hammasi ham «temir daftar»ga kirmagan», – dedi tuman hokimi.
Xullas, bu vaziyatda mahalla raisi aholi vakillarini, tuman hokimi esa mahalla raisini ayblamoqda. Ammo keyinroq vaziyatdan xabardor kişilarning bizga ma'lum qilişiça, Bahodir Yangiboyevga ham topşiriq tuman mutasaddilaridan bölgan ekan. Ya'ni jurnalistlar tumanga borguniça mutasaddilar va ular bergan topşiriq böyiça mahalla raisi odamlar bilan birgalikda tayyorgarlik körişgan (Kun.uz buni tasdiqlovçi dalillarga ega).
Şuhrat Ortiqov
Biz holatga keragiça aniqlik kiritgaç, mahalladagi «temir daftar»da bölgan va şu sababli 1 gektar yer maydonini olib kartoşka yetiştirayotgan Şuhrat Ortiqov bilan suhbatda böldik.
Uning aytişiça, Rossiyada keçgan mehnat jarayonida unçalik omadi çopmaydi. Kamiga mamlakatda böliş qoidalarini buzgani uçun Özbekistonga deportatsiya qilinadi.
«Xullas, işimiz öxşamadi va Özbekistonga qaytdik. Yaqinda mahalladagi boğ hududi buzilişi va fermerlik sifatida tarqatilişini aytib qolişdi. Men şu jarayonda 1 gektar yer oldim. Hozir şu maydonga 3 tonna kartoşka uruğini ekkanman. Nasib bölsa, 30–40 tonna hosil olişni reja qilyapman. 1 kilosini 3–4 ming sömdan sotganimda ham 100 million nari-beri foyda qilişni rejalaştiryapman», – deydi u.
Yakkatut mahallasida «Temir daftar»dagi oilalar böyiça körgan şubhali holatimiz bizni röyxatdagi boşqa fuqarolar bilan ham uçraşişga, ular bilan suhbatga undadi.
Hamro Yöldoşev
Yaşaş tarzi el qatori ekanini ta'kidlar ekan, Hamro Yöldoşev «temir daftar»ga olinganmisiz, deya bergan savolimizga «yöq, bu röyxatda turmayman», deya javob berdi.
Vaholanki, mahalla raisining röyxatida Hamro Yöldoşevning ism şarifi ham keltirilgan edi. Yöldoşev bir neça oy avval fermerlik uçun boğ hududi yer bölib berilgani va u ham 1 gektar yer olib kartoşka ekkanini tasdiqladi. Qiziği, suhbatga keyinroq qöşilgan Hamro Yöldoşevning turmuş örtoği ham oilasi «temir daftar»ga olinganidan xabarsiz ekanini aytdi.
Yakkatutda «temir daftar»da turgan va biz mehmon bölgan yana bir xonadon 80 yoşli Norçuçuk Begaliyevaga tegişli. Özining aytib berişiça, ayni vaqtda momo 4 nabiraga ham ota, ham ona. Çunki momo çamasi 15-16 yillar avval ketma-ket farzand doğiga uçragan. Momo dastlab kelini, köp ötmay öğli traktorda halokatga uçrab vafot etganini aytadi.
Norçuçuk Begaliyeva
«Şu tört nabirani uyli-joyli qilay deb yaşayapman. Bir nabiram oilali bölib ketgan. Kiçiklariga umrim yetadimi-yöqmi bilmadim, şu ikkinçi nabiramni ham uy-joyli qilsam böldi edi», – deydi Norçuçuk momo.
Momodan mahalla va tuman hokimligi unga qanday yordam körsatayotgani haqida ham söradik.
«Un, moy, guruç, makaron va göşt berib turişibdi. Yaqinda ham 1 million pul berib ketişdi», – dedi u.
Örganişlarimiz davomida mahalladagi yana bir neçta oilalar turli körinişdagi yordamlarni olib kelayotganini bildirişdi.
Kitob tumanining Yakkatut mahallasidagi «Temir daftar» böyiça aniqlaganlarimiz şular. Kimdir moddiy yordamlarni öz vaqtida olgan, yana kimlarningdir holati çalkaş, qaysidir vaziyatda esa tuman mutasaddilari bizga hammasi risoladagidek ekanini körsatiş uçun yolğon gapirmoqda.
Öylaymizki, misi çiqib qolgan va yakunda kutilgan «natija»ni bermagan rejadan keyin mutasaddilar yetarliça xulosa qilişadi. Hududiy rahbar jamoatçilikka yolğon axborot berişining oqibatiga Past Darğomdagi közböyamaçilik misolida guvohbölgandik. Mahalla tizimini obrösizlantiruvçi, davlatning kambağallikka qarşi olib borayotgan kuraşiga işonç susayişiga olib keladigan navbatdagi holatga ham yangi tuzilgan mas'ul vazirlik va viloyat hokimligidan munosabat kutib qolamiz.
Kun.uz muxbirlari tomonidan Qaşqadaryoga uyuştirilgan press-tur çoğida tayyorlangan uşbu maqola e'lon qilingaç, turli şaxslar öz amal va "imkoniyat"laridan foydalanib, qönğiroqlar bilan maqolani saytdan öçirtirişdi. Biroq, bu xatti-harakat teskari samara berib, jurnalist va blogerlarning diqqat markaziga tuşdi va maqola boşqa platformalar orqali yanada kengroq tarqala boşladi.
Çunki maqolada heç kimga tuhmat qilinmagan, voqea bor böy-basti bilan körsatilgan. Zero, davlat rahbari va hukumatning aholiga ijtimoiy yordam beriş borasidagi qarorlari va topşiriqlarini bajarişda joylardagi rahbarlar haybarakallaçilik va közböyamaçilikka yöl qöyişayotgani hammada haqli e'tiroz uyğotmoqda.
Boz ustiga, davlat rahbari har çiqişida söz erkinligini ta'minlaş va jamoat nazoratini kuçaytiriş haqida gapirib turgan bir davrda eskiça işlaşga örganib qolgan ayrim amaldorlarning közböyamaçilik va söz erkinligini böğişga qaratilgan xatti-harakatlari bundan buyon mana şunday teskari samara berişini anglab olişlari kerakmikan...