Halokat oqibatlarini bartaraf etiş işlarida qatnaşiş jarayonida nurlaniş olgan N.Miyonmalikov oxir-oqibat II guruh nogironi bölib qoladi. Tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tomonidan berilgan nogironlik töğrisidagi ma'lumotnomada ham N.Miyonmalikovning nogironligi sababi sifatida Çernobil AESdagi avariya tufayli kelib çiqqan kasallik körsatilgan.

2006 yil 18 aprelda unga A seriyali 08257-sonli ÇAES halokati oqibatlarini bartaraf etiş qatnaşçisi guvohnomasi berilgan hamda uşbu guvohnomada “guvohnoma egasi Özbekiston Respublikasi qonunlarida közda tutilgan Çernobil fojiasi oqibati natijasida zarar körgan şaxslar imtiyozlaridan foydalaniş huquqiga ega” deb yozib qöyilgan.

Özbekiston Respublikasi Oliy Kengaşi Rayosati va Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 6 apreldagi 170-sonli qarori bilan Çernobil halokatidan ziyon körgan Özbekiston Respublikasida istiqomat qiluvçi fuqarolarga beriladigan haq-huquqlar, pul kompensatsiyalari va imtiyozlar röyxati tasdiqlangan. Uşbu röyxatning I bölimi 1-bandida Çernobil AESdagi halokat natijasida zararlangan zonada halokat oqibatlarini tugatiş işlarida iştirok etgan şaxslar toifasi tilga olingan. Uşbu röyxatning II bölimida esa röyxatning I bölimi 1-bandida tilga olingan şaxslarga beriladigan imtiyozlar turlari keltirilgan bölib, II bölimning 5-bandiga köra, uşbu şaxslar imtiyozlilar orasida turar-joy şaroitini yaxşilaşga muhtoj deb topilgan taqdirda ustun darajada turar-joy maydoni yoki alohida xona körinişidagi qöşimça turar-joy maydoni bilan ta'minlaniş huquqiga ega ekanligi belgilangan.

2019 yil 27 sentabr kuni Toşkent şahar 1-son asab kasalliklari dispanseri tomonidan berilgan ma'lumotnomada N. Miyonmalikovning uşbu dispanserda “D” toifada röyxatda turişi, soğliqni saqlaş vazirining 2001 yil 19 iyuldagi 322-sonli buyruğiga asosan ruhiy holatiga köra qöşimça turar-joy maydonidan foydalaniş huquqiga egaligi bildirilgan.