Nuriddinxon Islomov 1970 yilda Özbekiston musulmonlari idorasi xodimi vazifasida iş faoliyatini boşlagan. 1980 yildan 2008 yilga qadar Jizzax viloyatining Ğallaorol tumani boş imom-xatibi vazifasida faoliyat yuritgan. 2008 yildan 2017 yilgaça Samarqand viloyati boş imom-xatibi vazifasida işlagan. Şundan söng ayni paytgaça Samarqand şahar boş imom-xatibi hamda «Şohi Zinda» jome masjidi imom-xatibi lavozimida işlab kelgan.
Samarqand şahar hokimligi tomonidan berilgan xabarda imomning vafoti sababi ma'lum qilinmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyati boş imom-xatibi Xayrulloh domla Turmatov hamda Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumani boş imom-xatibi Tohir domla Ismatillayev vafot etgani haqida xabar berilgandi.

















