Jahon | 15:09 / 23.09.2020
6324
1 daqiqa o‘qiladi

Trampga zaharli modda jo‘natishda gumonlangan ayolga nisbatan ayblov e'lon qilindi

Kanada politsiyasi va AQSh adliya organlari ma'lumotiga ko‘ra, ayol nafaqat Trampga, balki Texas shtatidagi qamoqxona xodimlariga ham ritsin solingan maktublar jo‘natgan.

Foto: AFP/Getty Images

AQSh prezidenti Donald Trampga ritsin zaharli moddasi solingan maktub jo‘natishda gumon qilingan kanadalik ayolga nisbatan ayblov e'lon qilindi. U davlat rahbariga tahdid qilishda ayblangan.

Maktub muallifi Tramp "pastkash zolim" va "masxaraboz" deb atagan hamda Oq uy rahbari "AQShni halokatga olib borayotganini" yozgan.  

 Kanada politsiyasi va AQSh adliya organlari ma'lumotiga ko‘ra, ayol nafaqat Trampga, balki 2019 yilda noqonuniy qurol saqlagani uchun o‘zi o‘tirib chiqqan Texas shtatidagi qamoqxona xodimlariga ham ritsin solingan maktublar jo‘natgan.

 19 sentyabrda Trampga zaharli modda solingan maktub jo‘natilgani haqida ma'lum qilingandi. Oradan ikki kun o‘tgach, maktubni jo‘natishda gumonlangan ayol Kanadadan AQShga kirish vaqtida ushlangan.

Mavzuga oid