«Hozirgi kunda barça tuman SEOMlari test tizimlar bilan yetarli miqdorda ta'minlangan. Test topşiriş uçun asos böladigan körsatmani şifokor belgilaydi. Bemorlar, bemorlar bilan muloqotda bölganlar va epidemik körsatmaga asosan test topşirayotganlar bepul asosda tekşirilişi mumkin. Xususiy boğça xodimlari şartnoma asosida xususiy laboratoriyalarda tekşiruvdan ötişlari mumkin», dedi Otabekov.

Brifingda Rossiyadan charter reys orqali kelayotgan fuqarolar neça kunlik karantinga olinişi va qaysi karantin hududiga joylaştirilişi haqida ham ma'lumot berildi.

«Özbekistonga koronavirusning kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan çora-tadbir dasturini tayyorlaş böyiça respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 17 sentyabrdagi yiğilişining 47-sonli bayoniga köra, qizil hududdan kelgan fuqarolarda sönggi 72 soat içida PZR natijasi bölişi şart, agar bölmasa, yoki koronavirus alomatlari bölsa, Özbekistonga kelganidan söng ötkaziş punkti (aeroport, vokzal, yoki boşqa) hududda öz hisobidan namuna (surtma) topşiradi. Qizil hududdan kelgan fuqarolarni uy karantiniga oliş maqsadida röyxat töliq şakllantiriladi va IIV, Milliy gvardiya, SEOM va SSBlariga yetkaziladi», dedi Nurmat Otabekov.