Joriy yilning 24 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatidagi favqulodda holat töğrisida xabar tarqaldi. Unda "Texnopark" MÇJning "aqlli" gaz hisoblagiçi örnatilganidan 2,5 soat ötgaç portlagani aytiladi.

"Hududgazta'minot" AJ matbuot xizmati xabariga köra, Andijon şahridagi "Şimoliy kiçik daha" kiçik nohiyasidagi 77-uyning 15-xonadonida gaz tarmoqlari va qurilmalaridan notöğri foydalaniş natijasida favqulodda texnogen hodisa röy bergan. Dastlabki talqinga köra, ölçaş moslamasining içida gaz-havo aralaşmasidan çaqnaş paydo bölişi, uni işdan çiqişiga olib kelgan.

 
“Gaz uskunalari va gaz tarmoği içidagi gaz-havo aralaşmasining paydo bölişining asosiy sabablaridan biri, bu gaz hisoblagiç örnatilişidan avval, xususan, qöşni xonadonlardagi gaz tarmoqlari uçun möljallanmagan rezina şlangni ulaş natijasida (uçta xonadonda mavjudligi aniqlandi) gaz quvuriga atmosfera havosining kirişidir. Hisoblagiç tarmoqdagi yuqori bosimdan işdan çiqqan degan talqin haqiqatga mos kelmaydi. Barça tafsilotlar maxsus tuzilgan işçi guruh tomonidan aniqlanmoqda”, - deyiladi ma'lumotda.
 
"Hududgazta'minot" AJ barça tabiiy gaz iste'molçilarini xonadonlari içidagi gaz uskunalari va tarmoqlarini öz vaqtida texnik tekşiruvdan ötkazişga, tabiiy gazdan foydalaniş qoidalarini buzmaslikka, nostandart hamda qölbola gaz uskunalari va şlanglardan foydalanmaslikka çaqirgan.
 
“Texnik taftiş böyiça barça savol hamda murojaatlar uçun 104 raqamiga qönğiroq qiling. Şuningdek, sizlardan "Hududgazta'minot" AJning hududiy filiallari xizmat körsatiş bölimi xodimlariga gaz uskunalari, quvurlar va jihozlarni belgilangan tartibda rejali körik hamda texnik tekşiruvlarni karantin çoralariga rioya qilgan holda amalga oşirişlari uçun imkoniyat yaratib berişingizni yana bir bor sörab qolamiz. Unutmang vaqtida tuzatilgan nosozlik, katta ofatlarning oldini olişda juda muhimdir”, - deyilgan xabarda.

Ta'kidlanişiça, yuqoridagi favqulodda holat natijalari böyiça qöşimça ma'lumotlar taqdim etiladi.