Vazirlar Mahkamasining “Olis hududlarda joylaşgan budjet taşkilotlariga işga boradigan oliy ta'lim muassasalari bitiruvçilarining mehnatini yanada rağbatlantiriş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Özbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining olis hududlarda joylaşgan budjet taşkilotlarida boşqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan oliy ma'lumotli mutaxassislarga bir martalik boşlanğiç yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uçun har oylik pul kompensatsiyasi beriş hamda ularni uy-joy bilan ta'minlaş tizimini joriy qiliş töğrisidagi taklifiga rozilik beriladi.
Belgilab qöyilişiça:
a) mazkur qarorda olis hudud deb Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 471-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan umumiy örta ta'lim muassasalarida boşqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilanadigan hududlar tuşuniladi;
b) olis hududlarda joylaşgan budjet taşkilotlarida boşqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan oliy ma'lumotli mutaxassislarni rağbatlantiriş böyiça yangi mexanizm 2021 yil 1 yanvardan boşlab joriy qilinadi;
v) olis hududlarda joylaşgan budjet taşkilotlarida boşqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan oliy ma'lumotli mutaxassislarga beriladigan bir martalik boşlanğiç yordam puli bazaviy hisoblaş miqdorining 50 baravariga hamda uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uçun har oylik pul kompensatsiyasi bazaviy hisoblaş miqdorining 2 baravariga tenglaştiriladi;
g) mazkur qaror bilan belgilangan bir martalik boşlanğiç yordam puli va har oylik pul kompensatsiyasi hamda uy-joy şaroitini yaxşilaş böyiça imtiyozlardan oliy ta'lim muassasasining bakalavriati va magistraturasini (ta'lim şaklidan qat'iy nazar – kunduzgi, sirtqi, keçki, şuningdek ikkinçi mutaxassislik) tamomlaganidan keyin uç yil mobaynida olis hududlarda joylaşgan budjet taşkilotlariga işga kirgan bitiruvçilar foydalaniş huquqiga ega;
d) har oylik pul kompensatsiyasi oliy ma'lumotli mutaxassis işga qabul qilingan oydan boşlab 36 oy mobaynida tölanişi, bunda xizmat uy-joy maydoni berilgan taqdirda yoki u uy-joy sotib olganda, uning vakolatlari töxtatilganda va tugaganda pul kompensatsiyasi tölaş töxtatiladi;
ye) oliy ma'lumotli mutaxassis pul kompensatsiyasini oliş uçun vaqtinça yaşaş joyini va uy-joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uçun kommunal xizmatlar qiymatisiz amaldagi xarajatlar summasini körsatgan holda tegişli budjet taşkiloti rahbariga ariza berişi şu asosida tegişli budjet taşkilotining uy-joyni ijaraga oliş (ijarada turiş) uçun kompensatsiya miqdorini körsatgan holda pul kompensatsiyasi tayinlaş töğrisida buyruği çiqarilişi hamda tegişli budjet taşkilotining buxgalteriyasi tomonidan uşbu buyruq asosida, iş haqi tölaş bilan birgalikda ötgan kalendar oyi uçun tölov vedomosti böyiça tölanadi;

















