Qayd etilişiça, bugungi kungaça asosiy transport yölaklari 2ta bölgan. Birinçisi şimol, ya'ni Qozoğiston-Rossiya orqali Qora dengiz portlariga yoki Qozoğiston-Xitoy, Qozoğiston-Rossiya orqali Osiyo-Tinç okeani mintaqasiga mahsulotlar yetkazib berilgan.
Ikkinçi yölak janubiy-ğarbiy bölib, Turkmaniston, Eron, Turkiya va şu yöl bilan Yevropa, Afrika va boşqa mintaqalarga mahsulotlarni yetkaziş imkoniyati bölgan.
Ma'lum qilinişiça, pandemiya davridagi şarqiy va ğarbiy yölakning yopilib qolgani Özbekistonga juda katta qiyinçiliklar tuğdirdi.
“Bu yöl yopilganligi uçun biz mahsulotlarimizni Qozoğiston, Rossiya, Gruziya orqali Turkiya va Yevropaga ötkazişga majbur böldik.
Xuddi şunday ikkinçi variant, ya'ni Qozoğistondan Kaspiy, u yoqdan Boku Turkiya orqali ğarbiy tarafga mahsulotlarni eksport qildik va importni ham şu yöllar orqali amalga oşirdik. Bu ham xarajat, ham vaqt nuqtayi nazaridan 2 barobar oşib ketdi”, - dedi Sardor Umurzoqov.
Boş vazir örinbosariga köra, Transport kommunikatsiyalarini rivojlantiriş mintaqaviy markazi oçilgandan keyin, Yevropa va Osiyoga möljallangan yuklarni Özbekistondan ötkaziş qölga kiritiladi va bu orqali transport, tranzit salohiyati, iqtisodiyotni 10-20 barobar oşirişga erişiş mumkin.












