Namoyişlar Sergey Furgal gubernatorlikka saylanganining ikki yilligi munosabati bilan ötkazilgan. Namoyişçilar odatdagidek Xabarovsk ölkasi hukumat binosi yaqinidagi Lenin maydonida töplanişgan. Ular avvaliga şahar meri Sergey Kravçukning iste'fosini talab qilib, keyinçalik Vladimir Putinning manziliga tanqidli çaqiriqlarni aytişgan. Maydonda boşlangan namoyişlar şahar köçalari böylab davom etgan.
Oldingi haftalardagi şanba kunlarida ham namoyişlar bölib ötgan va bugun odam ötgan haftadagiga qaraganda köproq töplangani aytilmoqda. Xabarovsk viloyatining vaqtinça gubernatori bölib turgan Mixail Degtyarev mahalliy huquqni muhofaza qiluvçi organlarga tartibni saqlaş topşiriğini bergan.
Vyrajyeniye «Subbota v Xabarovske» za dva mesyatsa ujye stalo naritsatelnym. Posmotrim v pryamom efire, kak segodnya proydyot traditsionnoye kormleniye golubey na glavnoy ploshchadi goroda: https://t.co/EnyUZmAMFn pic.twitter.com/33zUzRDIJb
— Shtab Navalnogo v Xabarovske (@teamnavalnykhv) September 26, 2020
«Ikki oydan buyon namoyişçilar köçalardagi maşinalar harakatiga xalaqit bermoqda, yöllar yopilmoqda, haydovçilar asabiy signal çalmoqda. Bu qöpol qoida buziş hisoblanadi. Nimadir ikki oy davom etsa, u odamlar uçun odatga aylanib qolişi heç gap emas. Keyin navbat boşqa qonunbuzarliklarga keladi», deb Degtyarevning sözlarini keltirgan Dvhab.ru sayti.
9 iyul kuni Xabarovsk ölkasining saylangan gubernatori Sergey Furgal işga ketayotganda FSB xodimlari tomonidan töxtatilib, qölga olingandi. U 15 yil avval sodir etilgan qotillikning taşkilotçisi sifatida gumonlanmoqda. LDPR partiyasi yetakçisi Vladimir Jirinovskiy Furgal qölga olingan kuni u qöyib yuborilmasa, partiyasini Dumadan olib çiqib ketişini ma'lum qilgandi.
Sergey Furgal qölga olinganidan köp ötmay Xabarovsk ölkasida norozilik namoyişlari boşlandi. Odamlar özlari saylagan gubernator qöyib yuborilişini talab qilişdi. Keyinçalik namoyişlar Rossiyaning boşqa hududlarida ham ötkalildi. Mixail Degtyarev Xabarovskning vaqtinça Gubernatori bölgani odamlar orasida navbatdagi norozilik tölqinini keltirib

















