Xuşnudbek Xudoyberdiyev turli xalqaro va respublika miqyosidagi tanlovlarda ğolib bölgan sportçilar imtiyozli ravişda berilgan kvota doirasida grantga qabul qilingani, natijada köplab yönalişlarda 189 ball olganlar kontraktga tuşib qolganiga e'tibor qaratdi.
DTM bergan rasmiy bayonotga köra, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan sportçilar mavjud kvota içida qabul qilinişi kerak. Ha, haqiqatan öşa 12 yil oldingi hujjatda şunday yozilgan.
Ammo 2020 yil 24 yanvar kuni prezidentning 5924-sonli farmoni qabul qilingan.
Farmonning 12-bandiga köra, «Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Moliya vazirligining 2020 yil 1 fevraldan boşlab sport sohasidagi yutuqlarni munosib ravişda rağbatlantirişni nazarda tutuvçi quyidagi takliflariga rozilik berilgan:
a) olimpiya va paralimpiya sport turlari böyiça Olimpiya va Paralimpiya hamda Osiyo va Paraosiyo öyinlari, jahon, Osiyo va respublika çempionatlarida oxirgi uç yilda ğolib va sovrindor (1-3 örin) bölgan sportçi-öquvçilarni Özbekiston Respublikasi davlat budjeti mablağlari hisobidan moliyalaştiriladigan oliy ta'lim muassasalariga (tibbiyot yönalişidan taşqari) qöşimça davlat granti asosida imtihon sinovlarisiz qabul qiliş.
«Körib turganingizdek, prezident farmonida sportçilarga qöşimça davlat granti ajratilişi belgilab qöyilgan. Ya'ni ular boşqa bilimlilarga xalaqit bermasligi kerak edi.
«Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida»gi qonunga köra, prezident farmoni Vazirlar Mahkamasi qaroridan ustun turadi va 2 xil qoida keltirilgan bölsa, farmonda belgilangani kuçga ega böladi.
Şunga köra, kvota içida qabul qilingan barça sportçilarga qöşimça grant ajratilişi kerak va natijada qolganlarning örni qayta hisoblanişi lozim, deb hisoblayman», deya yozadi huquqşunos.
Şuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Jismoniy tarbiya va sport vaziri 18 sentabr kuni imzolagan xat nusxasi tarqalganiga e'tibor qaratilgan.
Haqiqiyligi hozirça rasman tasdiqlanmagan uşbu xatga vazirlik imtiyoz berilişi kerak bölgan sportçilar röyxatini ilova qilgan hamda ular umumiy qabul parametrlaridan taşqari qöşimça davlat granti asosida öqişga qabul qilinişi haqida yozilgan.


















