Özbekistonda firibgarlik jinoyatlari bir yilda ikki barobarga köpaydi. Bunga sabab nima?
|02:35 / 29.09.202048 74014 min
Ijtimoiy turmuşda insonlar özaro bir-birlari bilan muomala qilar ekan, ular orasida turli xil munosabatlar örnatiladi. Ayrimlar sof, halol yöl bilan, özgalar haqidan qörqqan holda bu munosabatni örnatsa, ayrimlar insonlarning soddaligi, işonuvçanligini suiiste'mol qiladi. Bundaylarning ham jamiyatda öz nomi bor: firibgarlar va tovlamaçilar.
Sönggi vaqtlarda firibgarlik, tovlamaçilik bilan boğliq jinoyatlar ortgani sir emas. Oxirgi 4 yilda uşbu jinoyat bilan boğliq bir neçta şov-şuvli işlar OAV orqali yoritildi. «Ahmadboy işi», «Human» va boşqa qator xususiy bandlik agentliklari bilan boğliq işlar şular jumlasidan. «Straus House» MÇJ, «Avto 60 oy», Auto Rental kabi qator firma va tadbirkorlik sub'yektlari bilan boğliq işlarga ham köp bölgani yöq. Uşbu körsatuv tayyorlanişi çoğida esa, Qaşqadaryoda dunyoga maşhur kompaniyalarning soxta aksiyalari, ya'ni qimmatli qoğozlarini sotiş orqali 2 mingga yaqin kişini 9 mln AQŞ dollariga çuv tuşirgan uyuşgan jinoiy guruh qölga olingani xabar qilindi.
Açinarlisi şundaki, şunça voqealardan keyin ham firibgarlik jinoyati yoxud firibgar va yo tovlamaçi qarmoğiga ilinayotgan vatandoşlar soni kamayib qolayotgani yöq. Qolaversa, taraqqiyot yuksalgani sari firibgarlikning yangidan yangi turlari ham qayd etilmoqda. Axborot texnologiyalari, internet orqali amalga oşirilayotgan firibgarliklar ham köp uçrayapti. Sönggi 20 yilliklarning yana bir firibgarligi – bu farzandining oliy öquv yurti talabasi bölişi orzusidagi ota-onaga nisbatan qilinmoqda.
Bundan taşqari, Kun.uz sayti tomonidan oğir xasta vatandoşlarimizga yordam beriş va savob işlarga vasila böliş maqsadida taşkil etib kelinadigan xayriyalarda tuşgan mablağlarni bemorlarning plastik kartoçkalaridan yolğon-yaşiq sözlar bilan, bemorlar işonçiga kirib olib, ömariş holatlari ham bir neça marotaba röy berdi.
Xöş, bunday jinoyatlarning kelib çiqiş sabablari nimada? Firibgarlar domiga tuşayotganlar şunçalik soddami yoki firibgarlar boşqalarni öta göl hisoblaşadimi?
Biz şu va boşqa savollar bilan imom-domla, IIV JQBB operativ xodimi, Tergov departamenti vakili va psixologga murojaat qildik.
Mavzuga oid
Dastavval, firibgarlik bilan boğliq statistika haqida. IIV Jinoyat-qidiruv boş boşqarmasi taqdim etgan ma'lumotlarga köra, 2019 yil yanvar-iyul oyida respublika böyiça 1954ta firibgarlik jinoyati röyxatga olingan bölsa, 2020 yilning şu davrida bu raqam 3881tani taşkil etgan. 2019 yilda 1748 kişi qölga olinib, firibgarlik jinoyatini oçiş 98,2 foizni taşkil etgan bölsa, 2020 yilda bu raqam 95,9 foizdan iborat bölmoqda.
Statistika ma'lumotlari bilan tanişar ekanmiz, firibgarlik jinoyatini sodir etiş uslublari diqqatimizni tortdi. 2020 yil 7 oyi davomida sodir etilgan firibgarliklarning jami 2151tasi pul oldi-berdisi bilan boğliq bölsa, 336tasi çet elga işga yuborişni va'da qiliş mazmuniga ega, 331tasi öqişga kiritişga doir aldovdir.
Jinoyatlarni kimlar sodir etmoqda, degan savolga ham statistika ma'lumotida javob berilgan. Unga binoan, 463tasi ayollar, 511tasi muqaddam sudlanganlar tomonidan sodir etilgan bölsa, 1277ta holatda işlamaydiganlar firibgarlikka qöl urgani qayd etilgan.
Biz firibgarlik jinoyatlarini kamaytiriş borasida huquqni muhofaza qiluvçi idoralar tomonidan qanday işlar amalga oşirilayotganiga qiziqdik.
Firibgarlikning huquqiy tavsifi
Özbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasiga köra, özgani aldaş yoki uning işonçini suiiste'mol qilgan holda uning mulkini yoki mulkiga bölgan huquqini qölga kiritiş firibgarlik hisoblanadi. Firibgarlik boşqa mulkiy jinoyatlardan farqi – firibgarlikda jabrlanganlar firibgarga mol-mulkini, mol-mulkka bölgan huquqini öz xohişi bilan topşiradi.
Fuqarolar mablağlarini özlari olib kelib bergan bölsa-da, firibgarga jazo tayinlanadi.
Fuqarolar pullarini öz qöllari bilan olib kelib beradi. Ular yengil boyib ketiş, mulkka egalik qiliş maqsadida şunday harakatlarni sodir etişadi. Firibgarlar ma'lum bir sohani egallab, bilimga ega bölişadi. Şuningdek, ularda aktyorlik qobiliyati ham böladi. Şu sababli firibgarlik aqlli jinoyatlar turiga kirib, uni aql-zakovatli insonlar sodir etadi.
Bugungi kunda firibgarlikka qöl urgan şaxsni, aybi isbotlansa, nimalar kutmoqda? Unga qanday jazo muqarrar? Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti mas'ul xodimi kapitan Adham Abdullayev söz yuritadi.
Adham Abdullayev
Pul ehromlari haqida
– Firibgarlik jinoyati tarkibini oladigan bölsak, obektiv va sub'yektiv tomoni böladi. U boşqa fuqarolik munosabatlaridan farqli ölaroq, fuqaro jabrlanuvçining mulkiga egalik qilişni oldindan qasd qilişi kerak. Firibgarlar tergov qilinganda juda kamdan-kam holatda firibgarlik qiliş niyati bölganini tan oladi. Jinoyat işi qözğatilgandan keyin söroq jarayonida hujjatlar taqdim qilinadi, hujjatlarning qayerida kamçiligi borligi tekşiriladi. Gumonlanuvçi şaxs jabrlanganlar bilan yuzlaştirilganda «Pul ehromlari» kabi reja asosida işlaşayotgan bölib çiqişadi.
Firibgarlik uçun qanday jazo belgilangan?
– Jinoyat kodeksining 168-moddasida körsatilgan firibgarlik 5ta qismga bölingan. Ularning 4ta qismida jinoyatni qaysi hollarda oğirlaştiruvçi malakalaş körsatilgan. Beşinçi qismida yengillaştiruvçi holatlar bayon qilingan. Ya'ni jinoyat sodir qilingandan keyin yetkazilgan zarar töliq qoplansa, ayblanuvçi, gumonlanuvçi yoki sudlanuvçiga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi qöllanilmasligi mumkin.
Oxirgi nuqta sudning qarori bilan qöyiladi. Jinoyat kodeksida firibgarlik jinoyati uçun maksimal 8 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlanadi.
Firibgarlik turlari
– Hozirda köp uçraydigan firibgarlik turlaridan biri – çet elga işga jönatiş, çet eldagi 3-şaxslardan sizning ma'lum miqdordagi pul mukofotini yutib olganingiz haqidagi keladigan xatlar hisoblanadi. Şuningdek, xayriya mablağlari uçun taşkil qilingan plastik kartalardan pul yeçib oliş holatlari ham bölyapti.
Yer, uy oldi-sotdisi böyiça firibgarliklar ham köp uçrab turadi. Firibgarlar hokimiyatda tanişi borligini aytib, uy olib berişga işontirib, odamlarning pullarini olib qöyiş holatlari kuzatilmoqda. Şuningdek, öqişga yoki işga kiritiş maqsadida ota-onalarni işontirib, pul oliş holatlari ham oxirgi vaqtda köp uçrab turibdi.
***
Özbekistonda aksariyat aholi Islom diniga e'tiqod qilişi, Islomda bir-birini aldaş, birovning haqini yeyiş gunoh ekani nuqtayi nazaridan firibgarlik illatiga doir savollar bilan «Bodomzor» jome masjidi imom xatibi Rahmatulloh Sayfuddinovga murojaat qildik.
Rahmatulloh Sayfuddinov
Islomda firibgarlik muolajasi
– Muolaja uçun avval dardni davolaş kerak. Firib, firibgarlik – bular hammasi yolğonning şoxçalari hisoblanadi. Alloh Qur'oni Karimda: «Mollaringizni özaro oralaringizda botil yöl bilan yemanglar», – degan. Botil yölga barça harom işlar: aldov bilan tortib oliş, öğrilik, qimor, ribo, sudxörlik kirib ketadi.
Imom Muslimdan keltirilişiça, Abu Hurayra hikoya qilib bergan hadisda şunday deyiladi:
«Bir kun Payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam sahobalar bilan bozor oralab ketayotganlarida bir taom sotayotgan kişining qopiga qöllarini suqib kördilar. Tagidan nam çiqdi. «Bu nimasi ey, mol egasi», – dedilar. Mol egasi: «Yomğir tegibdi-da», – deb özini oqladi. Şunda Payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam: «Odamlar körişi uçun yomğir tekkan joyini yuqorisiga qöysang, bölmasmidi? Kim bizni aldasa, mendan emasdir», – dedilar.
Biz bu hadisdan rahbar kişining bozorlarni nazorat qilib turişi, halollikka çaqirib turişi, haromga qarşi kuraşişi kerakligi kabi foydalarni olamiz.
Payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam bu hadisda firibgarlikka qarşi kuraşyaptilar. Bugun bozorlarda buni misolini köp köramiz. Masalan, rastaga çiroyli anorlarni terib qöyişadi, uning tagida boşqa anor turadi. Firibning har qanday turi harom bölib, man qilingan. Çunki firibgarlikda bir tomon foyda topsa-da, ikkinçi tomon zarar körmoqda. Dinimizda esa zarar beriş ham yöq, zarar köriş ham yöq.
Biz rizqimizning manzilini bilmasak-da, rizqimiz bizning manzilimizni yaxşi biladi. Firibgarlikka heç hojat yöq.
Soddalik fazilat emas
– Payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam: «Mömin odam sodda böladi va tez aldanadi», – deganlar. Bu degani sodda bölib aldanib qoliş kerak, degani emas. Bu bizning fitratimiz. Çunki soflik soddalikni taqozo qiladi. Öta pişiq bölişda soddalik bölmaydi.
Mömin ziyrak böladi
– Şu bilan birga, mömin odam ziyrak bölişi afzal hisoblanadi. Fiqhimizda bu masala bayon qilinadi. Aytiladiki, bir odam boşiga jarohat yetib, savdoda tez aldanib qoladigan böladi. Unga biz qiyos qilib sodda odamni olişimiz mumkin. Şu kişiga eslatma qilib, Payğambarimiz: «Aldanib qoladigan holatda bölsang, şerigingga Islomda aldaş yöqligini eslatib turgin», – deganlar.
***
Albatta, har bir jinoyat sodir etilişida uning motivi, sababi böladi. Jinoyatçi ham öz-özidan jinoyatçi bölib qolmaydi yoki onadan jinoyatçi bölib dunyoga kelmaydi. Xöş, firibgarlik psixologiyasi nima? Oddiy, sodda bir insonning firibgarlar qurboni bölib qolmasligi mumkinmi? Bu kabi savollarga psixolog Zebiniso Ahmedova javob berdi.
Zebiniso Ahmedova
Firibgarlik şaxsiyat muammosimi yoki jamiyat?
– Jamiyat individuallikdan şakllangan. Ya'ni bitta xususiylik vujudga kelib umumiylikka aylangan. Şu xususiylikning içida tovlamaçilik, firibgarlik, birovning haqidan qörqmaslik uruğlansa, bu yuqumli böladi. «Ahmadboy voqeasi»da ham bir kişi kelib, şu işni qildi. Juda katta natijaga erişdim deganidan keyin unga boşqalar ergaşdi. Bu olomon psixologiyasi deyiladi.
Qaçonki, jamiyatning içida filtr, ya'ni öz xavfsizligini ta'minlaş, qonun ustuvorligiga şaxsan har bir inson özi javobgar ekanligi tan olinmagan taqdirda olomon psixologiyasi işlab ketadi.
Tarbiya insonni firibgar qiladi
– Bola rahmsizlikka örgatilsa, u rahmsizlikni örganadi. Ota-ona bolani kaltaklab, rahm qilmay jabr yetkazsa, bolada rahmsizlik şakllanadi. Bola içidagi alamzadalik, nafratni boşqa yöllar bilan özgalarga qöllay boşlaydi. Ya'ni bir inson peşona teri bilan topgan pulini, uysiz qolayotganini oldindan bilsa-da, niyatidan qaytmaydi.
Firibgarlik qanday paydo böladi?
– Bola öz qarorini, tahliliy fikrlaş qolbiliyatini yöqqa çiqarib tarbiyalansa, unda firibgarlikka moyillik paydo böladi. Bola biror narsaga duç kelganda bu nima, bu qonuniymi, menga kerakmi, degan tanqidiy savollarga javob berişi kerak. Bolada bu narsa yöq qilinsa, filtr yöqoladi. Bolaga biror kişi biror narsani taklif qilganda, bola öz çegarasini bilib, taklif qilingan narsani inkor qila olişi kerak.
Farzanddagi şu çegaraning içida «mening oriyatim bor, mening mulkim bor», degan inkor qiliş qobiliyatini ota-ona şakllantirmasa, jamiyatda şakllanişi juda qiyin böladi. Bu qobiliyat faqatgina yöqotişlar, azoblanişlar bilan şakllanadi yoki şakllanmay, öşa firibgarlikka duçor bölgan insonning özi ham boşqalarga firibgarlik qilib, yöqotganlarini qaytadan topiş ilinji bilan yaşaşni boşlaydi.
Jamiyatning rivojlanişi ota-onalarga boğliq. Ular farzandlariga rahm, mehr, qonun ustuvorligi tuyğusini tarbiya asosi qilişsa, bola hayotda özi ham tovlamaçi ham, jabrdiyda ham bölmaydi.
Oson yöl bilan pul topiş tarğiboti – notöğri
– Televideniyeda mehnat qilmasdan erişiladigan kir yuviş maşinasi yutib olişga, yengil avtomobil sohibiga aylanişga tarğib bölyapti. Televideniye, radio bir xil yönalişga ötib olişgan.
Inson özini aldamasligi kerak. Har bir imzo, har bir qadam tahlil orqali qöyilişi kerak. Aldanmaydigan insonlar köp bölsa, aldaydiganlar heç nima qilolmaydi.
***
Fuqarolar firibgarlar domiga qanday ilinib qolmoqda?
Ayni savolga bevosita firibgarlardan jabr körganlar qanday javob berişadi? Kun.uz muxbirlari bu iş borasida juda köplab jabrdiydalar bilan uçraşgan, ular bilan muloqot qilgan. Ularning sözlaridan qilinadigan xulosa şuki, maqsadga qanday bölmasin erişiş hamda haddan ortiq işonuvçanliklari va mavjud ma'lumotni tekşirib körmasligi, biror huquqşunos bilan maslahatlaşmasligidir.
Xöş, firibgarlarning özlari ham özlarini «firibgar» deb bilişadimi, tan olişadimi? Yöq, albatta. Ularning heç biri qilmişini tan olmaydi, aksinça, maqsadi odamlarga yordam beriş bölganini ta'kidlaşadi.
Körsatuv intihosini «Firibgarga şaytonning havasi kelar», «Zargar firibgar bölsa, oltin zanglar» singari xalq maqollari bilan yakunlaş niyatidamiz. Haqiqatdan ham firibgar özi qilayotgan iş qançalik çirkin ekanini anglamas ekan, bu jinoyat bilan boğliq raqamlar, ulardan jabr körganlar soni köpaymaydi, deb heç kim kafolat bera olmaydi.
Biz jamiyat sifatida maqsadga kimnidir aldaş yoki qaysidir firibgarga murojaat qiliş bilan emas, muşkul va murakkab körinsa-da, halol mehnat orqali erişişni tarğib qilişimiz, farzandimizni töğri yönaltirişimiz lozim.
Söngsözimiz esa, firibgarga aldanmang, özingizni va yaqinlaringizni asrang!