2020 yilning 14 sentabr kuni soat 12:00da noma'lum şaxs Qoraqalpoğiston Respublikasi Taxtaköpir tumani “Jipek joli” köçasida yaşovçi 52 yoşli B.A.ning yaşaş uyiga ğayriqonuniy ravişda kirgan.
Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, u dam oliş xonasida joylaşgan seyfning içidan jami 8 600 000 söm pullarini yaşirin ravişda öğirlab, hodisa joyidan yaşiringan.
Mazkur holat yuzasidan Qoraözak tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (öğirlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlariga kirişilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor qidiruv harakatlari natijasida, uşbu jinoyatni voyaga yetmagan 16 yoşli A.Q. sodir etilganligi aniqlangan va jinoyat işida gumon qilinuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb qilingan.
Dastlabki tergov jarayonida A.Q.dan 2 300 000 söm pullar aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olingan.
Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
















