Uzoq davom etgan kasallikdan söng endokrinolog, professor, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST)ning Özbekistondan endokrinologiya böyiça birinçi koordinatori, Xalqaro diabetologlar federatsiyasining (IDF) doimiy a'zosi, Markaziy Osiyo Diabetologlar assotsiatsiyasining birinçi prezidenti Nazira Salohova 77 yoşida vafot etdi.

Innovatsion rivojlaniş vazirligi xabariga köra, Nazira Salohova 1943 yilda Samarqand şahrida davlat xizmatçilari oilasida tuğilgan. I.M.Seçenov nomidagi Moskva davlat tibbiyot universitetini imtiyozli diplom bilan tugatgan. Kasbiy faoliyatini Toşkent şahridagi Özbekiston Fanlar Akademiyasining Bioorganik kimyo institutida katta ilmiy xodim sifatida boşlagan.

Keyinçalik Toşkent tibbiyot institutining endokrinologiya kafedrasi mudiri lavozimida işlagan. Tibbiyot fanlari doktori, professor Nazira Salohova tibbiyot fanlari nomzodi va doktori bölgan köplab ilmiy kadrlarni tayyorladi.

Innovatsion rivojlaniş vazirligi jamoasi va rahbariyati Nazira Salohovaning vafoti munosabati bilan uning yaqinlari va hamkasblariga çuqur hamdardlik bildirgan.