2020 yilning birinçi yarmida Özbekistonda iqtisodiy ösiş 0,2 foizgaça sekinlaşdi, ammo asosan qişloq xöjaligi (2,8 foiz) va quriliş (7,3 foiz) sohalaridagi ösiş hisobiga ijobiy dinamikani saqlab qoldi. Bu haqda Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankining yangi makroiqtisodiy dokladida aytib ötilgan. Hisobotni bank matbuot xizmati Kun.uz'ga taqdim etdi.

Hisobotda aytilişiça, birinçi yarim yillikda sanoat 1,9 foizga, gaz qazib oliş 17,1 foizga kamaygan; mehmonxona biznesi va savdo 1,1 foizga qisqargan; transport va saqlaş, axborot va aloqa sektorlarida qisqariş 3,2 foizni taşkil etgan.

Karantin joriy etilişi oqibatida yanvar–iyul oylarida işsizlik 13,2 foizgaça çiqqani(bir yil oldin 9,1 foiz edi), aholining real daromadlari 1,7 foizga kamaygan.

Talab qisqarişi oqibatida, avgust oyiga kelib yillik inflatsiya 11,7 foizgaça sekinlaşdi (ötgan yilning şu davrida inflatsiya 16,5 foizni taşkil qilgandi). Natijada Markaziy bank asosiy stavkani 15 foizdan 14 foizga tuşirdi.

Hukumat inqirozga qarşi çoralar paketlarini qabul qilganiga qaramay, yilning dastlabki 7 oyida import taxminan 18 foizga kamaydi, eksport esa 21 foizga qisqardi. Taşqi savdodagi balans Rossiya va Qozoğistondagi iqtisodiy faollik pasayişi hamda yilning dastlabki 7 oyida pul ötkazmalarining 7 foizga qisqarişi tufayli ham yomonlaşgan.

Umuman, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki 2020 yilda Özbekistonning real YaIM 2,0 foizga qisqarişini prognoz qilmoqda. 2021 yilda eksport va içki talabning qayta tiklanişi natijasida YaIM ösişi 4,5 foizni taşkil etişi taxmin qilingan.

YeTTBning may oyidagi dokladida Özbekiston iqtisodiyoti 2020 yilda 1,5 foizga, 2021 yilda 6,5 foizga ösişi prognoz qilingan edi.

Eslatib ötamiz, Osiyo taraqqiyot banki sentabr oyidagi hisobotida Özbekiston YaIMning bu yilgi ösişi 0,5 foiz bölişi kutilayotganini bildirgan edi. OTB iyun oyida 1,5 foizlik ösişni prognoz qilgandi.

Ma'lumot uçun, Özbekistonda YaIM qisqarişi 1995 yildan keyingi davrda kuzatilmagan.