Buxoro viloyati Qoraköl tumanidagi Xalqaro matematika maktabi respublika uçun namuna sifatida e'tirof etilmoqda. Ötgan hafta Öqituvçi va murabbiylar kuni arafasida prezident Xalq ta'limi vazirligiga uşbu maktab tajribasini örganiş böyiça topşiriq berdi.
Kun.uz muxbiri maşhur maktabning taşkil topişi, öqitiş tizimi, öquvçi va öqituvçilarni qabul qiliş jarayoni bilan qiziqib, maktab asosçisi va direktori Temir Röziyev bilan suhbatda böldi.

Öquvçi va öqituvçilarni saralab oliş haqida
– Maktab öquvçilari yutuğining sababi, avvalo, bu yerga Allohning nazari tuşganligida, deb bilaman. Qoraköl ta'limini kuçaytirgan asosiy narsa – öquvçilarni maktabga qabul qiliş şaffoflik va adolat bilan bajarilişida bölgan.
Maktab uçun muallimlarni tanlab olişda ham ularning bilimi men uçun yagona talab emas. Öqituvçilarning fidoyiligi, çin ma'noda vatanparvarligi, şuningdek, tarbiyasiga qarab saralaganman. Yana bir jihati şuki, öqituvçilarning hayotida uçraydigan iqtisodiy yoki boşqa muammosini bilib, yonida turişga harakat qilaman.
Şu bilan birga, maktabda soğlom jamoa şakllangan. Agar rahbar qaysidir öqituvçidan manfaat körib uni işga olsa, yoki öqituvçi oldida muttaham bölib qolsa, bu jamoaning yutuği uzoqqa bormaydi.
«Odamlar ilmdan boşqa yöl bolasini maktabga kiritolmasligini tuşundi»

– Maktabni taşkil etganimga 10 yil bölyapti. Dastlabki yillarda bolasini maktabga olişim uçun menga taklif ham, bosim ham bölgan. Farzandini qabul qilmaganim uçun men bilan orasini oçiq qilib, gaplaşmay ketganlar ham bölgan. Qarindoşlarim orasida ham mendan ranjiganlar köp.
Ammo oxirgi 5 yildan buyon bolasini qabul qilişim uçun heç kim oldimga kelmay qöygan. Çunki odamlar ilmdan boşqa narsa bilan bolasini maktabga kiritolmasligini tuşundi.
Şuning uçun rahbar maktabni taşkil qilişdagi dastlabki 3 yilda öz qat'iyatini körsatib, adolat qilsa, oxirigaça adolatni saqlab qola oladi.


















