Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining xabar berişiça, respublika oliy ta'lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga abituriyent sifatida hujjat topşirib, kiriş imtihonlarida (onlayn test sinovlarida) iştirok etgan abituriyentlar öz natijalari bilan tegişli oliy ta'lim muassasasining rasmiy veb-sayti orqali 7 oktabr kuni soat 17:00dan boşlab tanişişi mumkin.
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlardan tegişli oliy ta'lim muassasalariga murojaat qiliş söralgan.
Eslatib ötamiz, bu yil magistratura uçun 73 ming abituriyent 10 ming 425ta örin uçun kuraşdi. Magistratura imtihonlari 8-20 sentabr kunlari ötkazildi, uzrli sabablar bilan imtihonga qatnaşa olmaganlar uçun esa sinov 22 sentabr kuni bölib ötdi.

















