7 oktabr kuni Xalq deputatlari Qamaşi tumani kengaşining ham navbatdan taşqari yiğilişi ötkazilib, Botir Normahmadoviç Toğayev tumanning yangi hokimi etib tayinlandi.

Botir Toğayev 1976 yilda Kitob tumanida tuğilgan, 2001-2015 yillarda viloyatning Şahrisabz, Kitob va Kasbi tumanlarida qişloq va suv xöjaligi sohalarida faoliyat olib borgan.

U bugungaça Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari kotibiyat mudiri lavozimida işlab kelgan.

Bundan avvalroq 2018 yil dekabridan buyon Qamaşiga rahbarlik qilib kelgan Şerali Sanayev Mirişkor tumani hokimi lavozimiga ötkazilgani xabar qilingandi.