Tadbirda JIB Toşkent şahar sudi, Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi va Majburiy ijro byurosi vakillari mazkur jinoyat işlari doirasidagi jabrlanuvçilarga yetkazilgan moddiy zararni undiriş muddati va tartibi böyiça tuşuntiriş berib, savollarga javob qaytardi.

Akbarali Turabov

JIB Toşkent şahar sudi raisining örinbosari Akbarali Turabovning ma'lum qilişiça, JIB Yakkasaroy tuman sudi hukmi bilan «Korean and Migrations xususiy bandlik agentligi» MÇJ mansabdor şaxslarining jinoiy harakatlari oqibatida 2 297 nafar fuqaroga yetkazilgan 19 mlrd 616 mln söm moddiy zararlarni undiriş belgilangan. Undiruv IIV depozit raqamiga topşirilgan jami 7 mlrd 831 mln söm pul mablağlari va 573 mln sömlik xatlangan mol-mulklarga qaratilgan. Uşbu hukm 7 oktabr kuni qonuniy kuçga kirgan va 8 oktyab kuni ijroga qaratilgan.

Şuningdek, «Profelite IMP xususiy bandlik agentligi» fuqarolarni Janubiy Koreyaga işga yuboriş aldovi bilan pul mablağlarini özlaştirgani holati yuzasidan uşbu jamiyat a'zolariga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi Sergeli tuman sudi tomonidan körib çiqilib, 14 sentabr kuni sud hukmi çiqarilgan. Sud tomonidan 263 nafar jabrlanuvçiga jami 10 mlrd 512 mln söm moddiy zarar undiriş belgilangan. Tergov organi depozit hisob raqamida turgan 422 mln söm va Jonuzoqovning turmuş örtoği tomonidan tölangan 9 mln 400 ming söm pul va 90 mln sömga baholangan bir dona avtotransport vositasi undiruvni ta'minlaş uçun xatlangan.

«Profelite IMP» işi böyiça sud hukmi 24 sentabr kuni qonuniy kuçga kirgan bölib, bu kunda ijroga qaratilgan. Şu bilan birga, uşbu agentlik böyiça alohida jinoyat işi yurituviga olingan Jonuzoqov nomidagi