Soğliqni saqlaş vazirligi Koronavirusga qarşi kuraş ştabi a'zosi Anvar Alimov navbatdagi brifing çoğida karantin hududidagi ta'minot haqida sözlab berdi.

«Karantin hududlarida kasallikka çalingan bemorlar bilan işlovçi şifokorlar 14 kun uçun 25 mln söm, hamşiralar 15 mln söm, kiçik tibbiy xodimlar 10 mln söm iş haqi olişmoqda. Har 14 kunda ular töliq almaşadilar va kuzatuv ostida böladilar.
Karantin hududidagilar ta'minotiga keladigan bölsak, ularga har kuni autsorsing asosida 67 ming sömdan 70 ming sömgaça qiymatda oziq-ovqatlar yetkazib berilmoqda», dedi ştab a'zosi Anvar Alimov.
Ma'lumot uçun, Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumanida 55 gektar hududda barpo etilgan «Örtasaroy» karantin hududi 20800 öringa möljallangan. Maxsus izolyatsiya xonalarida 4 kişi davolanib, profilaktika qilinadi. Xonalar barça tibbiyot jihozlari va sanitariya-gigiyena vositalari bilan jihozlangan. Şuningdek majmuada ovqatlaniş, laboratoriya, tibbiyot xodimlari uçun turarjoylar, reanimatsiya bölimlari va karantin uçun maxsus xonalar ham barpo etilgan. 3467 konteynerdan iborat majmua elektr energiyasi, issiq va sovuq suv va boşqa kommunikatsiya tarmoqlariga ulangan.
Bundan avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda «Örtasaroy» karantin majmuasida saqlanayotgan şaxslarning noroziligi aks etgan video tarqalgan, Soğliqni saqlaş vazirligi uşbu holat yuzasidan munosabat bildirgandi.
Eslatib ötamiz, maxsus komissiya qaroriga köra Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevga karantin qoidalari kuçaytirilgan 10 iyuldan boşlab Örtasaroydagi karantin hududida saqlanuvçilarni oziq-ovqat bilan ta'minlaşni maqbullaştiriş vazifasi topşirilgandi.

















