Energetika vazirligi tizimidagi “Öztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tabiiy gazni qazib çiqaruvçi mahalliy va xorijiy kompaniyalardan olib, "Hududgazta'minot" AJ va strategik ahamiyatga ega bölgan IESlar, "Özkimyosanoat" AJ hamda boşqa ulgurji iste'molçilarga yetkazib berişga mas'ul taşkilot hisoblanadi.

“Öztransgaz” AJ matbuot xizmati boş mutaxassisi Farida Tojiboyeva jamiyat tasarrufidagi korxona va boşqarmalar, ulardagi işçi-xodimlar, iş olib boriş kölami haqida ma'lumot berdi.

“Bugungi kunda “Öztransgaz” AJ tizimida unitar korxona, 6ta magistral gaz quvurlari boşqarmasi, 2ta gazni yer ostida saqlaş inşooti, quriliş böyiça MÇJ va direksiya faoliyat yuritadi. Jamiyat tizimida 9 ming nafarga yaqin mutaxassis, işçi va xodim mehnat qiladi. 

“Öztransgaz” tomonidan uzunligi 13 ming 200 kilometrga yaqin turli ölçamdagi magistral gaz quvurlaridan foydalanib kelinmoqda. Tizimda 23ta kompressor stansiyasi, 70ga yaqin gaz haydaş agregatlari va 412ta gaz taqsimlaş stansiyasi (GTS) mavjud”, deydi Farida Tojiboyeva.

Bu yerdagi gaz bosimi foydalaniş uçun xavfsiz darajagaça pasaytiriladi va iste'molçilarga tarqatiladi. Şu bilan birga, stansiyalarda gaz qabul qiliş, aralaşmalardan tozalaş va uzatilayotgan gaz miqdorini hisob-kitob qiliş jarayonlari ham amalga oşiriladi. 

“GTS quvvati soatiga 25 ming metr kubdan 50 ming metr kubga yetkazildi. Stansiya gazni soatiga 15 ming metr kub sanoat tarmoğiga, 35 ming metr kubni aholiga taqsimlaşga möljallangan”, deya ta'kidladi Toşkent magistral gaz quvurlari boşqarmasi boşliği örinbosari Ilhom Soatov.

Şuningdek, press-tur davomida ommaviy axborot vositalari vakillari “Toşkent issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati bilan ham tanişdi.