Kun.uz muxbiri xabar berişiça, Namangan şahridagi «Afsonalar vodiysi» istirohat boği hududida noodatiy loyihali masjid qurilmoqda.
Masjid 20 ming kv/metr joyda qad rostlayotgan bölib, unga ajratilgan umumiy maydon 4 gektarni taşkil etadi. Şundan 2 gektari avtoturargoh uçun möljallangan.
Masjidda bir vaqtning özida 15 ming namozxon ibodat qilişi mumkin. Xonaqohning öziga 4,5 ming kişi siğadi.

2 gektar masjid hududi issiq pol texnologiyasi bilan jihozlangan. Bundan taşqari, bir vaqtning özida 100 kişiga xizmat qiladigan tahoratxona ham bitiş arafasida.
Quriliş töliq monolit uslubda amalga oşirilmoqda, umuman beton plitalar işlatilmagan.

Masjidda uçta gumbaz bor: ikkita yonda va bitta asosiy gumbaz. Asosiy gumbazning aylanasi 26 metr bölib, balandligi yerdan hisoblaganda 25 metrni taşkil etadi. Ikki kiçik gumbazining aylanasi esa 11 metr, balandligi 20 metr.

Gumbazlari orasida ikki minora bölişi közda tutilgan. Ular qad rostlaganda, balandligi 50 metrga yetadi. Hozirda masjidda quriliş işlari olib borilmoqda.






















