Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani hokimligi tumandagi «Beş yuz» qişloğida uy-joy bilan boğliq holat yuzasidan tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
«Oqoltin tumanining «Beşyuz» nomli qişloğidagi ahvolni örgandik... sözlar bilan boşlanuvçi maqoladagi holat yuzasidan tuman hokimi örinbosari A.Ibodullayev hamda «Şodlik» mahalla fuqarolar yiğini raisi U.Allaberdiyev iştirokida örganiş olib borildi.
Dastlab ijtimoiy tarmoqlarda göyoki kunning sovuq bölişiga qaramay aholi boşpanasiz istiqomat qilayotganligini aks ettiruvçi suratlar olingan çaylaga borildi.
Haqiqatan ham ayni kunlarda çaylada yaşayotgan fuqarolar mavjud bölib, biroq uşbu fuqarolardan nima sababdan talafot körgan hududlardagi aholi uçun ajratilgan yotoqxonaga joylaşmayotganliklari söralganda ular quyidagiça javob berişdi. Jumladan:
Ikrom Imonov – «Uy-joy kötariş niyatida quriliş materiallari olib kelganman, yaqinda qurilişni boşlayman, şu materiallarimni qöriqlab ötiribman, bola-çaqam qarindoşlarnikida heç qanday şikoyatimiz yöq»;
Şuhrat Imonov – «Yaxşi niyatlarda çorva mollari boqyapman, men bularni kimga işonib taşlab ketaman»;
Boyyigit Mirzayev – «Prezidentimiz tomonidan ajratilgan 40 million sömga, talafot körgan uyimni örnidan uy kötaryapman, xudo xohlasa tez kunlarda bitirib olaman, bu yerdagi quriliş materiallariga ham kimdir köz-quloq bölib turiş kerakku, endi ayollar tuşunib-tuşunmay biron nima degandirda, lekin heç qanday şikoyat qiladigan joyimiz yöq, qolaversa 1—2 kun içida yangi qurilgan köp qavatli uy-joylarga köçib ötamiz».
Şuningdek O.Pardayev hamda A.Eşbekovning eski hovlisiga borilganda heç kim yaşamayotganligi aniqlandi. Qöşnilarining guvohlik berişiça ular bu yerda yaşamaydi, mahalla markazidagi qarindoşlarinikida turişadi, kunduz kunlari hovli-joyidan tomorqasidan kelib xabar olib-turişadi degan javobni oldik.
Şuni alohida ta'kidlaş mumkinki, tuman hokimiyati tomonidan ularga qulay şaroit va 3 mahal issiq ovqat bilan ta'minlangan yotoqxonalardan joy ajratilgan bölib, vaqtinça yaşaş uçun taklif berilgan, biroq ular mazkur taklifga qat'iy rad javobini bergan holda, özlarining xonadonlari örnida şaroit yaratib yaşab kelmoqda. Uşbu holatda mutasaddilarni harakatsizlikda ayblaş notöğri bölib, asl mohiyatdan kelib çiqib iş tutilişi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Zero, uşbu fuqarolarni heç kim bu kabi şaroitda yaşaşga majbur qilmagan.
Şundan anglasa böladiki, maqola va suratlarda aks etgan yaşaş şaroiti ayrim fuqarolar tomonidan öz xohişi bilan yaratilgan. Ular e'tibordan çetda qolmagan va qolmaydi ham.


















