Hujjatda respublika tuman (şahar)larida mavjud umumta'lim maktablari negizida informatika va axborot texnologiyalarini çuqurlaştirib öqitişga ixtisoslaştirilgan maktablar bosqiçma-bosqiç taşkil etilişi nazarda tutilgan.
Norma’ning yozişiça, 2021/2022 öquv yilidan boşlab quyidagilarni amalga oşiriş nazarda tutilgan:
• Toşkent viloyatida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetining filiali taşkil etiladi;
• informatika va axborot texnologiyalari yönalişlarida kadrlar tayyorlayotgan barça oliy ta'lim muassasalari tomonidan umumta'lim maktablari bitiruvçi sinflari öquvçilari örtasida «Informatika va axborot texnologiyalari» fani böyiça köp bosqiçli öz olimpiadasi ötkaziladi. 1–3-örinlarni egallagan öquvçilar birinçi öquv yili uçun tölov oliy ta'lim muassasalarining mablağlari hisobidan amalga oşirilgan holda öqişga imtihonsiz qabul qilinadi.
Oliy ta'lim muassasalarining tegişli ta'lim yönalişlari talabalari örtasida informatika, dasturlaş va axborot texnologiyalari sohalarida ötkaziladigan respublika fan olimpiadalari ğoliblari, şuningdek Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi tomonidan belgilanadigan nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlari bölgan talabalarni oliy ta'lim muassasalarining tegişli magistratura yönalişlariga ajratilgan kvota doirasida davlat grantlari asosida imtihonsiz qabul qilinadi.
Oliy ta'lim muassasalarining informatika va axborot texnologiyalari bilan boğliq ta'lim yönalişlari böyiça imtiyozli diplomga ega bölgan bitiruvçilari mazkur oliy ta'lim muassasalarining magistraturasiga kiriş imtihonlarisiz tölov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Hujjat 7.10.2020 yildan kuçga kirdi.

















