Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda jinoyatlarni fosh etishda genom axborotlaridan foydalaniladi
Qonunchilik palatasining 2020 yil 14 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida deputatlar “Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda muhokama qildi.
Parlament saytida xabar berilishicha, genom axboroti ma'lumotlar bazasi yordamida jinoyatlarni ochish mexanizmining joriy etilishi fosh etish murakkab, o‘ta og‘ir bo‘lgan yoki muqaddam ochilmagan jinoyatlarni ochishga ko‘maklashadi, shuningdek, genom axborotining yagona ma'lumotlar bazasi yaratilishi bedarak yo‘qolgan shaxslarni topish imkonini beradi.
Qonun loyihasi bilan genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish doirasidagi vakolatli organlarning huquq va majburiyatlari, genom axborotini yig‘ish, unga ishlov berish va himoya qilishning asosiy talablari, genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tartibini, biologik material va genom axborotini olish, qayd etish, saqlash, undan foydalanish va uni yo‘q qilib tashlash tartibi belgilanmoqda.
Bildirilishicha, mazkur qonunning qabul qilinishi sodir etilgan jinoyatlarni biologik ashyoviy dalillar yordamida fosh etishga ko‘maklashib, sud-tergov organlarining isbotlov bazasini mustahkamlaydi.
Muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Mavzuga oid
21:16 / 15.06.2026
Ohangaronda IIB xodimlari pichoqlandi
10:39 / 02.05.2026
Jinoyatni bosdi-bosdi qilib berishini aytib pul olgan IIB xodimi ushlandi
16:20 / 29.04.2026
Denovda «Shakki» laqabli zo‘ravon bir yigitni urib o‘ldirgani aytilmoqda
10:04 / 10.03.2026