BBC şu va şu kabi koronavirusga oid kunning boşqa xabarlari dayjestini keltirgan. Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga köra, dunyo böylab koronavirusdan zararlanganlar soni 38,5 milliondan oşgan, qariyb 1,1 mln kişi vafot etgan.

Britaniya hukumati London şahrini epidemiologik vaziyat nisbatan yomon bölgan hududlar kiruvçi toifaga ötkazdi - yaqinda mamlakatda joriy etilgan uç darajali tizimga köra, ikkinçi toifaga «kasallaniş xavfi oşgan hudud»lar kiritiladi.

Şanba kunidan e'tiboran bir uyda yaşamaydigan londonliklar uyda, pablar va restoranlarda uçraşmasligi kerak. Oçiq kenglikda muloqot qiliş mumkin, ammo bir joyda 6 nafardan ortiq kişi yiğilişi mumkin emas.

Mamlakatning turli hududlaridagi yana olti şahar va Esseks grafligi töliq ikkinçi toifaga ötkazilgan. Bungaça Mançester va Liverpul uşbu toifada edi.

Buyuk Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II epidemiya boşlanganidan buyon ilk marta qirollik qarorgohidan taşqaridagi marosimda iştirok etdi.

Unga nabirasi, şahzoda Uilyam hamrohlik qildi, qiroliça koronavirusga qarşi kuraşning turli metodlarini işlab çiqişda faollik körsatgan olimlar guruhi bilan uçraşgan. Bundan taşqari, ular Sergey Skripal va uning qizi 2018 yilda Solsberida «Noviçok»dan zaharlanişi bilan boğliq tekşiruvlarda işlagan jamoa bilan tanişişgan.

Qiroliça ham, şahzoda ham tibbiy niqobda bölişmagan. Ammo uçraşuvga taklif qilingan 48 kişining barçasi Covid-19ni aniqlaş testidan ötgandi. Bukingem saroyidagilarning işonç bildirişiça, qiroliça xavfsizligini ta'minlaş uçun barça zarur çoralar körilgan.

Dunyodagi vaziyat
Fransiya politsiyasi hukumatning yuqori martabali amaldorlarining pandemiyaga qarşi kuraş harakatlarini tekşiriş doirasida ularning uylarida tintuv ötkazmoqda. Jumladan, uyiga huquq-tartibot organlari vakillari taşrif buyurganlar orasida soğliqni saqlaş vaziri Olive Veran va Fransiya Milliy jamoat salomatligi agentligi rahbari Jyerom Salomon ham bor.

Rasmiylarga nisbatan tekşiruv mamlakatda kasallik avj olganida sud qarori çiqarilib boşlangandi. Bunga Fransiya şifoxonalarida individual himoya vositalari taqçilligi yuzaga kelgani, şuningdek, öz vaqtida zarur qarorlar qabul qilinmagani asos bölgandi. Şifokorlar va Covid-19 qurboniga aylangan fuqarolarning yaqinlaridan köplab şikoyatlar kelib tuşgan.