Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- 2020-2025 yillarga xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantiriş konsepsiyasi va 2020-2021 yillarda uni amalga oşiriş böyiça «yöl xaritasi»;
- alohida ta'lim ehtiyojlari bölgan bolalar ta'limini 2025 yilgaça rivojlantirişning maqsadli körsatkiçlari (indikatorlari).
Konsepsiya ikki bosqiçda amalga oşiriladi.
2021/2022 öquv yilida:
- tajriba-sinov tariqasida şaharlarda hamda Toşkent şahrining tumanlarida joylaşgan bittadan umumta'lim maktablarida inklyuziv ta'lim tizimi joriy qilinadi;
- Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida joylaşgan bittadan umumta'lim maktabida alohida ta'lim ehtiyojlari bölgan bolalar uçun boşlanğiç tayanç korreksion sinflar oçiladi;
- Qaşqadaryo, Farğona va Xorazm viloyatlarida joylaşgan bittadan kasb-hunar maktabida ixtisoslaştirilgan ta'lim muassasalarining 9-sinf bitiruvçilari hamda alohida ta'lim ehtiyojlari bölgan bolalar uçun ixtisoslaştirilgan guruhlar taşkil etiladi.
Inklyuziv ta'lim tizimini joriy etiş böyiça ijobiy tajriba respublikaning boşqa hududlariga bosqiçma-bosqiç tatbiq etiladi.
2020/2021 öquv yilidan boşlab:
- ixtisoslaştirilgan ta'lim muassasalarida majburiy umumiy örta ta'limni 11 yillik (intellektual rivojlanişida nuqsonlari bölgan bolalar uçun (yordamçi) maktablar, maktab-internatlarda 9 yillik) muddatda amalga oşiriladi;
- ixtisoslaştirilgan ta'lim muassasalarining 10-11-sinf (intellektual rivojlanişida nuqsonlari bölgan bolalar uçun (yordamçi) maktablar, maktab-internatlarda 8-9-sinf) öquvçilarini kasb-hunarga örgatiş maqsadida ixtisoslaştirilgan ta'lim muassasalarining qisqartirilayotgan öquv soatlari doirasida kasb öqitiş kurslari taşkil etiladi.
Kasbga öqitiş kurslarini taşkil etişda metodik yordam körsatiş, öquv jarayonini samarali olib boriş va malakali professor-öqituvçilarni jalb etiş uçun professional ta'lim muassasalari hamda «Işga marhamat» monomarkazlari ixtisoslaştirilgan ta'lim muassasalariga biriktiriladi.

















