Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada ta'lim muassasalarining xavfsizlik tizimi va ijtimoiy tarmoqlarda xabarlarni tekshirish kuchaytiriladi
Fransiyada ta'lim muassasalarining xavfsizlik tizimini kuchaytirishga qaror qilindi. Bundan tashqari, mamlakatda ijtimoiy tarmoqlarda xabarlarni tekshirishga e'tibor kuchaytiriladi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Mudofaa kengashi yig‘ilishida “Fransiyada radikallar endi tinch uxlamaydi” degan. Bu haqda 18 oktabr, yakshanba kuni, BFMTV telekanali o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.
Siyosatchi bu fikrini 16 oktabr, juma kuni Parij yaqinida tarix o‘qituvchisi o‘ldirilishi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan Mudofaa kengashi yig‘ilishida aytib o‘tgan.
Telekanal xabariga ko‘ra, yig‘ilish davomida butun mamlakat bo‘ylab ta'lim muassasalarining xavfsizlik tizimini kuchaytirishga qaror qilindi. Bundan tashqari, Fransiyada ijtimoiy tarmoqlarda xabarlarni tekshirishga e'tibor kuchaytiriladi. Xususan, qotillikdan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchining qotilini qo‘llab-quvvatlovchi 20dan ortiq xabar topildi. Ularning mualliflari javobgarlikka tortiladi. Shuningdek, telekanal dushanba kuni ijtimoiy tarmoqlarda tajovuzkorga hamdardlik bildirgan 80ta xabar mualliflarini tekshirish boshlanishini ta'kidlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, 16 oktabr, juma kuni Parij yaqinidagi mahalliy kollej talabalaridan biri Muhammad alayhissalomning karikatura multfilmlarini namoyish etgan tarix o‘qituvchisi 47 yoshli Samuel Patining boshini tanasidan judo qilgandi. Bir necha daqiqadan so‘ng politsiya uni otib o‘ldirgan.
Avvalroq, Fransiyada huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ekstremistik harakatlarda gumon qilinayotgan xorijiy fuqarolikka ega bo‘lgan 230dan ortiq radikallarni mamlakatdan chiqarib yuborishga tayyor ekanliklari haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
10:27 / 27.06.2026
O‘zbekistonda Fransiya vizasi uchun vositachilarsiz hujjat topshirish imkonsiz bo‘lib qolgani aytilmoqda
18:00 / 25.06.2026
Fransiya yana Rossiya «yashirin floti»ga mansub tankerni qo‘lga oldi
22:51 / 21.06.2026
Fransiyada jazirama issiq tufayli qizil darajadagi xavf e’lon qilindi
08:59 / 15.06.2026