Şimoliy Kipr Turk respublikasidagi prezident saylovlarida boş vazir Ersin Tatar ğalaba qozondi. 

Anqara va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan tomonidan qöllab-quvvatlanuvçi Tatar saylovlarning 2-bosqiçida barça byulletenlar hisoblab çiqilgaç, 51,74 foiz ovoz töplagani qayd qilingan. Amaldagi prezident Mustafo Akinjiga esa 48,26 foiz saylovçilar öz ovozini bergan.

Milliy birdamlik partiyasi tarafdorlari Tatarning ğalabasini nişonlaşga tuşib ketişgan. 

Kipr matbuoti Tatarni “Erdöğanning odami” deb ataydi. Erdöğan Tatarni saylovlar oldidan oçiqçasiga qöllab-quvvatlagan.  

Saylovlar 1-turdagidan yuqoriroq iştirok bilan ötgan. Saylov uçastkalari yopilişidan bir soat oldin jami saylovçilarning 61 foizi ovoz berib bölgan. Bir hafta avval ötgan 1-bosqiçda 58 foiz saylovçilar iştirok etgan. Ularda heç bir nomzod 50 foizdan köp ovoz töplay olmagan. Ersin Tatar 32,35 foiz, Mustafo Akinji 29,24 foiz, sobiq boş vazir Töfon Erhurman 21,68 foiz ovoz olgan. Hal qiluvçi saylov oldidan esa ikki nomzod – amaldagi prezident va boş vazir qolgandi.

Tatar Kiprda ikki davlat – Kipr va Şimoliy Kipr bölişini qöllab-quvvatlaydi. 

Kipr 1974 yilda ikkiga bölinib ketgan. Örta Yer dengizi havzasidagi katta davlatlar doim strategik muhim orol hisoblanuvçi Kiprni nazorat qilişga urinib kelgan. Orolning şimoliy qismi esa aynan 1974 yilda Turkiya askarlari tomonidan egallangan. 1983 yilda bu hududda Şimoliy Kipr Turk respublikasi davlati tuzilgani e'lon qilingan. Biroq bu davlatni faqat Turkiya tan oladi.