«Maktabimizda sinfxonalarni yiğiştiriş uçun ota-onalardan pul yiğiladi. Farroşlar zimmasiga xona yiğiştiriş kirmaydimi?»
Fuqarodan kelib tuşgan uşbu savolga 19 oktabr kuni Xalq ta'limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova javob berdi.
«Joylarda ba'zi ota-onalar farzandlari sinfxonani yiğiştirişini xohlamagani uçun farroş yollab, unga sinfxonani yiğiştirişi uçun qöşimça mablağ tölaş hollari kuzatiladi.
Şuni aytiş joizki, bolalar özlarining orqasidan sinfini yiğiştirişi uçun navbatçilik taşkil qilişi ham bolada öziga xos tarbiyani şakllantiradi. Bu esa bolaga erta yoşdan özi ötirgan joyni toza va ozoda saqlaş, birovning mehnatini qadrlaşni örgatadi. Şu sababli bolalar darslardan keyin sinfxonani yiğiştiriş uçun navbatçilik taşkil etişi maqsadga muvofiq sanaladi.
Şu örinda maktablarda farroşlar uçun ajratilgan ştat birligi – binolarning foydalaniladigan içki qismi, şu jumladan, xizmat xonalari, yölaklar, zinapoyalar, faollar zali va sport zal hamda öquv sinflari maydonini tozalovçi farroş lavozimi har 350 kvadrat metr tozalaş maydoni uçun 0,5 birlik hisobidan kelib çiqqan holda kiritiladi.
Maktabda maşğulotlar ikkinçi smenada ham olib borilganda, uşbu smenadagi öquvçilar foydalanadigan har 350 kv/m. tozalanadigan maydon uçun qöşimça 0,25 birlik, uzaytirilgan kun guruhi mavjud bölganda esa, guruhga qatnovçilar foydalanadigan har 350 kv/m. tozalanadigan maydonga 0,5 birlik hisobidan kelib çiqqan holda farroş lavozimi kiritiladi», – dedi Laylo Rustamova AOKAdagi brifingda.

















