Özbekiston Afğonistondagi tinçlik jarayonini qöllab-quvvatlaydi va Samarqandda töğridan-töğri afğonlararo muzokaralarni ötkazişga tayyor. Bu haqda Özbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov «Afganistan.Ru» portaliga aytib ötdi.
Uning sözlariga köra, Toşkent Afğonistonni imkoniyatlar mamlakati sifatida köradi. Boşlangan tinçlik jarayoni Afğonistonni Janubiy va Markaziy Osiyo örtasida köprik sifatida tiklaş haqida gapiriş imkonini beradi.
«Toşkentning Afğoniston böyiça yangi siyosati prezident Şavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyoni «barqarorlik va farovon rivojlaniş hududiga» aylantiriş siyosati bilan bevosita boğliq. Afğonistonga yangiça qaraş belgilangan strategiyaning muhim elementiga aylandi. Özbekiston oldingidek undan yuz ögirayotgani yöq, balki bu mamlakatni butun Markaziy Osiyoning ajralmas qismi sifatida köryapti», - dedi u.
Eldor Aripovning aytişiça, Özbekiston-Afğoniston munosabatlarida köplab yönalişlarda «tizimli olğa siljiş» yuz berdi.
«Avvalo, afğon mojarosini hal qilişda prinsipial jihatdan yangi sahifa oçildi. Bunga Özbekiston rahbarining taşabbusi bilan ötkazilgan Afğoniston böyiça Toşkent konferensiyasi misol böla oladi. Aynan u Afğonistonda tinçlik va barqarorlikka imkon qadar tezroq erişiş uçun butun dunyo hamjamiyatining sa'y-harakatlarini kuçaytirişga «kuçli turtki» bera oldi. Konferensiya, şuningdek, «Tolibon» harakati bilan töğridan-töğri muzokaralarga, keyinçalik esa afğonlararo muloqotni taşkil etişga asos yaratdi», - deydi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori.
Qayd etilişiça, Afğonistondagi vaziyatni tartibga soliş Markaziy Osiyo mintaqasiga katta ta'sir körsatadi. Tinç Afğoniston hamma uçun foyda keltiradigan yangi, noyob hamkorlik istiqbollarini oçib beradi.
«Boşlangan afğonlararo muloqot juda uzoq davom etgan afğon mojarosini hal qilişda oldinga qöyilgan qadamdir. Afğonistonda 40 yil içida birinçi marta köp yillik qon tökilişini töxtatiş, qurbonlar oldini oliş uçun noyob imkoniyat mavjud. Eng muhimi, hozir millionlab afğonistonlik fuqaro tinç hayotga qaytiş imkoniyatiga ega.
Albatta, Afğoniston masalasida hali sönggi nuqta qöyilmagan. Şubhasiz, hali oldinda juda köp iş bor, sababi boşlangan töğridan-töğri muzokaralar yakun emas, balki tinçlik yölining faqat boşlanişidir.
Bugun Afğoniston içidagi muloqot tomonlar örtasida taktik sulh tuziş bilan emas, balki çinakam barqaror tinçlikka erişiş bilan tugaşi har qaçongidan ham muhimroq.

















