Koronavirus pandemiyasi keltirib çiqargan inqiroz tufayli 2020 yilning 3 kvartalida dunyo bozorida oltinga bölgan talab ötgan yilning şu davriga nisbatan 19 foiz – 892 tonnagaça kamaydi. Butun jahon oltin kengaşining (World Gold Council, WGC) hisobotiga köra bu 2009 yildan beri kuzatilgan eng past çoraklik körsatkiçdir.
Uşbu çorakda oltin taklifi esa 3 foizga qisqargan. 2020 yilning boşida ham uşbu metallga bölgan talab ötgan yilga nisbatan 10 foizga kamroq (2,97 ming tonna) bölgan edi.
Şu sababli uçinçi çorakda oltinga bölgan investitsiyaviy talab 20 foizga ösib ketgan. Uşbu davrda dunyo böylab investorlar 222,1 tonna oltin quymasi va oltin tangalar sotib olgan. Asosiy ösiş körsatkiçlari ğarb bozorlarida emas, Xitoy va Turkiyada kuzatilgan. Bundan taşqari investorlar qöşimça tarzda oltin bilan ta'minlangan fond birjalari orqali yana 272,5 tonna oltin sotib olişgan.
Butun jahon oltin kengaşi tahlilçisi Luiza Stritning sözlariga köra, oltin – uşbu çorakda özgaruvçan bozorlardan barqarorlik qidirayotgan turli investorlarning puli uçun «boşpana» vazifasini ötab bermoqda.
Taşkilotning yana bir mutaxassisi Jon Malliganning bilidirişiça, koronavirus pandemiyasi keltirib çiqargan inqiroz oqibatlarini baholaşga hali erta bölsada, turli tavakkalçilik va muammolarning paydo böliş ehtimoli investorlarni oltinga bölgan qiziqişini oşirmoqda.
















