Bundan avval, koronavirusga PZR test topşirganlar bir neça kundan keyin laboratoriyadan test natijalarini oliş uçun şaxsan özi kelişi talab etilar edi. Bu holat laboratoriyalarda odamlarning tirbandliklarini yuzaga keltirardi, laboratoriyalarning özi esa natijalarni çop etiş va bemorlarga yetkaziş uçun uzoq davom etadigan jarayonni boşdan keçirardilar. Yuqoridagi jarayonlarni soddalaştiriş va bemorlar tomonidan Covid-19 uçun PZR testi natijalari tezda olinişini ta'minlaş maqsadida @coronavirustest\_testingbot maxsus Telegram-bot yaratildi.

Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabar berişiça, endi Covid-19’ga PZR testi topşirgan fuqarolar uylaridan çiqmagan holda test natijalarini bilib olişlari va test natijalari aks etgan rasmiy blankni masofadan turib yuklab olişlari mumkin.

Buning uçun @coronavirustest_testingbot Telegram-botiga kiriş va namuna topşiruvçining pasport ma'lumotlarini AB1234567 formatida botga yuboriş talab qilinadi. Söng KUN.OY.YIL formatida tuğilgan yili sanasini kiritadi. Telegram-bot PZR testi natijasini («Manfiy» yoki «Musbat») aks ettiradi va rasmiy şaklni (blank) yuklab oliş va çop etiş mumkin bölgan havolani taqdim etadi.

Covid-19’ga PZR testi natijalarini tasdiqlaş uçun berilgan uşbu rasmiy şaklda, elektron tarzda öqiladigan QR-kod mavjud bölib, u Covid-19 uçun PZR testi natijalari taqdim etiş zarur bölgan joylardan (masalan, aeroportlarda) ötişni ança tezlaştiradi.

Hozirda koronavirus-test.uz axborot tizimiga quyidagi 40ta laboratoriya ulangan bölib, ularda Covid-19’ni aniqlaş uçun topşirilgan PZR testlari natijalarini @coronavirustest_testingbot Telegram-boti orqali biliş mumkin:

  • Respublika ixtisoslaştirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
  • Respublika virusologiya ilmiy tekşiriş instituti;
  • Respublika ixtisoslaştirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
  • Sirdaryo viloyati SEO va JSX;