1 noyabrda Xitoy aholisining röyxatga olinişi boşlandi. Röyxatga oliş mamlakat tarixida yettinçi marta ötkazilmoqda. Unda 7 mln kişi iştirok etib, ulardan har biri 250ga yaqin kişini röyxatga oliş kerak böladi.  

Röyxatga olişda Xitoyning qit'adagi qismi hamda maxsus hududlari - Hongkong, Makao, Tayvan aholisi, xorijdagi xitoylik diplomatlar, talabalar, xizmat safaridagi xodimlar hamda Xitoyda yarim yildan köproq yaşayotgan xorijliklar hisobga olinadi.

Röyxatga oliş doirasida nafaqat Xitoy aholisi sonini aniqlaş, balki mamlakatda qança erkak va ayol borligini, aholining bandligi, ta'limi darajasi, yoşi haqida ma'lumotlar töplaş rejalaştirilgan.   

Aholini röyxatga oliş 10 dekabrgaça davom etadi. 

Xitoyda aholini röyxatga oliş birinçi marta 1953 yilda ötkazilgan. Öşanda Xitoy aholisi 600 mln kişidan köproq çiqqan. Söngra 1964, 1982, 1990, 2000 va 2010 yillarda  ham röyxatga oliş ötkazilgan. 

Oxirgi ma'lumotlarga köra, Xitoy aholisi hozirda 1,4 mlrd kişidan oşgan. Bunda mamlakatning maxsus hududlari - Tayvan, Hongkong va Makaodagi aholisi hisobga olinmagan.