Oliy Majlis Qonunçilik palatasi matbuot xizmati Abduhakim Hojiboyev nomzodi Soğliqni saqlaş vaziri lavozimiga ma'qullangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 3 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Unda deputatlar Soğliqni saqlaş vaziri lavozimiga Abduhakim Hojiboyev nomzodini körib çiqdilar.
Xalq vakillari tomonidan Abduhakim Hojiboyev nomzodi ma'qullandi», deyiladi xabarda.
Abduhakim Hojiboyev 1951 yilda Toşkent viloyatining Zangiota tumanida tuğilgan. 1990-1999 yillarda Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazida boş ilmiy xodim, akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslaştirilgan xirurgik markazida bölim boşliği bölib işlagan.
1999-2000 yillarda Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi boş direktori örinbosari, 2000-2003 yillarda va 2007-2016 yillarda ilmiy markaz boş direktori bölgan.
U 2003-2007 yillarda va 2016-2017 yillarda ham Soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari lavozimida faoliyat körsatgan. 2017 yil aprelida esa u Soğliqni saqlaş vazirining örinbosari – Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi boş direktori lavozimiga ötkazilgan va Bahodir Yusupaliyev Soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangandi.
U 2020 yilning iyulida Soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari lavozimida iş boşladi, unga koronavirusni davolaş bilan boğliq bölgan jarayonlarga mas'ul böliş vazifasi topşirildi.
Endi u Alişer Şodmonovning örnini egallaydi. Alişer Şodmonov 2017 yil fevralidan buyon vazirlikni boşqarib kelayotgandi.
Hozirda uning keyingi faoliyati töğrisida ma'lumot yöq.
















