Vazirlar Mahkamasining 3 noyabrdagi qaroriga köra, Alişer Qayumoviç Şodmonov Toşkent tibbiyot akademiyasi rektori etib tayinlangan. Şu munosabat bilan 2016 yil dekabridan buyon Toşkent tibbiyot akademiyasiga rektorlik qilib kelgan Laziz Töyçiyev lavozimidan ozod etilgan.
Alişer Şodmonov 2017 yil fevralidan buyon Soğliqni saqlaş vazirligini boşqarib kelayotgandi.
U şu yilning iyulida Respublika ixtisoslaştirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga davolanişga yotqizildi va uning örniga boş vazir örinbosari Behzod Musayev vazirlikka rahbarlik qiliş vazifasi yuklatildi.
Avgust oyida vazir işga qaytdi. U ötgan haftada Turkiyaga safar qilgan vazirlik delegatsiyasiga rahbarlik qildi.
2020 yilning iyulidan Soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelgan Abduhakim Hojiboyev bugun Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan SSV rahbari lavozimi uçun tasdiqlandi.

















