Kurslar 9–11 noyabr kunlari, soat 10:00 – 17:00 oraliğida taşkil etiladi.
Maşğulotlar özbek tilida olib boriladi. Kurs dasturi quyidagilarni öz içiga oladi:
- PR – paydo bölişidan hozirgi vaqtdagi roligaça
- Maqsadli auditoriya va u bilan işlaş usullari
- PR – kommunikatsiya: turlari va dinamikasi
- Mediarileyşnz: jurnalistlarga yondaşuv topişning usullari
- Piarmatn va uning xususiyatlari
- Matbuot anjumani: nazariya. Noqulay savollarga javob beriş usullari
- Feyklarni aniqlaş usullari
- Infosabab, storitelling, pablitsit kapital
- Freyming va refreyming
- Kamera qarşisida gapirişning sirlari
- PR strategiya
- Inqirozli vaziyatni qanday boşqariş mumkin
- Inqirozga qarşi PR
- Boşqa masalalar
Kurslar özlaştirilgan könikmalarni amalda mustahkamlaş bilan olib boriluvçi interfaol maşğulotlar şaklida olib boriladi.
Nomzodlarga qöyiladigan talablar:
- kamida bir yil davomida matbuot kotibi sifatida işlaganlik tajribasi;
- press-reliz va boşqa matbuot materiallarini yoziş texnikasi va usullarini biliş;
- intervyu, matbuot anjumanlari va brifinglarni taşkil etiş va ötkaziş qoidalarini biliş;
- internet tarmoğida işlaş, multimedia uskunalaridan foydalaniş könikmalari;
Quyidagi havola orqali röyxatdan ötiş mumkin.
Röyxatdan ötiş muddati – 6 noyabr soat 12:00gaça.

















