Muzaffar Fayziyev 1979 yili Pskent tumanida tuğilgan. Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti va Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi – marketolog, moliyaçi.
U mehnat faoliyatini 2000 yili Toşkent viloyati moliya boşqarmasi hisobxona bölimi 1-darajali iqtisodçisi vazifasidan boşlagan. Şundan söng mazkur boşqarmada boş ekspert, boş iqtisodçi, bölim boşliğining örinbosari vazifalarida işlagan. Şuningdek, Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yöl jamğarmasi ijro etuvçi direksiyasi, Toşkent viloyati böyiça ğaznaçilik boşqarmasi, Toşkent viloyati moliya boşqarmasi rahbarlik lavozimlarida mehnat qilgan.
Muzaffar Fayziyev Hisob palatasi, Qişloq va suv xöjaligi vazirligida ham mas'ul lavozimlarda işlagan. U joriy yil avgustidan beri «Özneftmahsulot» AJ Tijorat departamenti boşliği sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
- Eslatib etamiz, Toşkent viloyati hokimining moliya-iqtisod va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari vazifasida işlab kelgan Bahodirbek Mullaxonov oktabr oyida vafot etgan edi.

















