Buyuk Britaniyada COVID-19 infeksiyasidan samarali davolaşda qonni suyultiradigan vosita sifatida aspirin sinab körilmoqda. Bu haqda The Guardian naşri xabar berdi.
“Aspirin foydali ekanligiga asosli taxminlar bor, u bezarar, arzon va sotuvda keng tarqalgan”, – deya tadqiqot rahbarlaridan biri Piter Xorbidan iqtibos keltirmoqda The Guardian.
Ma'lum qilinişiça, koronavirus bemorlarida trombotsitlarning öta faolligi sababli qonda tiqilmalar paydo böliş xavfi yuqori böladi. Aspirin antitrombotsitar vosita hisoblanadi, u bemorlarda tiqilmalar paydo böliş xavfini kamaytiradi.
Tadqiqot davomida 2 mingga yaqin bemor odatiy davolaniş sxemasiga qöşimça ravişda kuniga 150 mg aspirin oladi. Söngra ularning salomatligi töğrisidagi ma'lumotlar standart tibbiy yordam olayotgan bemorlar ma'lumotlari bilan soliştiriladi.












