Rossiyalik taniqli reper Alişer Valeyev – Morgenştern Instagram'da Give-away tanlovini e'lon qilib, uning yakuniy bosqiçini 18 oktabr kuni ötkazdi. Unda 100ta turli körinişdagi sovrin bilan birga, superyutuq – Mercedes-Benz E 200 avtomobili ham özining yangi egasini topdi. Bundan taşqari, 1 mln rubl ham tarqatildi.

3 soatlik öyin köpçilik muxlislar uçun kutilmagan natija bilan tugadi. Superyutuqni buxorolik @aza_1002 Instagram-akkaunti egasi qölga kiritdi.

«Men avtomobilni dunyoning har qanday nuqtasiga yetkazib berişni va'da qilganman. Özbekiston bölsa, Özbekiston-da. Agar çegaralar yopiq bölsa, kutişimiz mumkin. Çegaraning özida maşinani ötkazib beriş ham mumkin. Bojxona rasmiylaştiruvi talab qilinsa, uni ham tölaymiz», – degan edi bastakor.

Biroq, oradan köp ötmay, buxorolik yigitning bu yutuqni qölga kiritgani bir mavzu bölgan bölsa, keyinçalik Morgenşternning Özbekistondagi avtomobil boji bilan boğliq çiqişlari ijtimoiy tarmoqlarni «tutatgan» yana bir masala böldi.

Reper avtomobilni Özbekiston bojxonasida rasmiylaştiriş uçun sarflanadigan xarajatlar xususida Instagram sahifasining Stories'ida videoxabar joyladi.

«Özbekistonda maşina uçun bojxona tölovi qança ekanini bilasizmi?... Maşina narxiga teng ekan», – degandi Morgenştern.

U jonli efir qilarkan, maşinani yetkazib berişda yordam kerakligi haqida sözlagan edi.

«Biz şov-şuv bilan boramiz va maşinani vatandoşingizga topşiramiz. Sizlar ham bizga peşvoz çiqing», – degandi rossiyalik reper.

Azim Abdullayev

Kun.uz muxbiri dastavval Morgenştern yutuğini yutgan, ammo hozirça superyutuqqa rosmana ega bölmagan buxorolik Azim Abdullayev bilan muloqot qilişga muvaffaq böldi (suhbatni videokörsatuvda tomoşa qiling).