Bugun, 11 noyabr kuni Toşkentda viloyat hokimlarining turizm va sportni rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosarlari uçun taşkil etilgan öquv-seminarining oçilişi bölib ötdi. Unda boş vazir örinbosari, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Aziz Abduhakimov ham iştirok etdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Aziz Abduhakimov öz sözida mazkur öquv jarayoni respublikada turizm va sportni rivojlantirişda hamkorlik qiliş hamda özaro tajriba almaşişda foydali bölişini aytib, yeçimini kutayotgan ayrim kamçiliklarga ham töxtaldi. Xususan, köçalardagi piyoda va veloyölaklar qoniqarsiz ahvolda ekaniga alohida urğu berdi.
«Yoşlarimiz, boşqa katta yoşli aholimiz ham jismoniy maşğulot bilan şuğullangisi keladi. Lekin joy yöq.

Men özimning misolimda aytadigan bölsam, bir neçta viloyat rahbarlari bilan köçalarda yurib kördik. Uzoq bir qişloqni aytmayapman, yirik şaharlarimizdagi holat ham yurib bölmaydigan darajada. Na yugursa böladi, na velosipedda yursa. Belgilangan yöl belgilari yöq. Velosipedda yuraman desangiz, har ön metrda yo ariq uçraydi, yo yöl buzilgan böladi, yo zina çiqib qoladi va hokazo.
Samarqandni misol qilsak, viloyat hokimi şahar va tuman rahbarlari bir hafta köçalarni piyoda aylansin, deb qaror çiqardi. Nimaga viloyat hokimi şunaqa qaror qildi? Negaki, kattakon rahbarlar maşinada yuraversa, oddiy odamlarimiz, fuqarolar piyoda yurayotgan yölaklar yoki veloyölaklar qanaqa holatda ekanini bilmaydi-da. Ular köçalardan maşinani vanğillatib hamma yoqni çang bostirib ötib ketadi. Nima degani bu? Umuman, bilmadim bu qanaqa holat böladi», – dedi boş vazir örinbosari.

Avvalroq, Aziz Abduhakimov boşçiligidagi işçi guruh Toşkent şahridagi veloyölakçalarni közdan keçirgan edi.
Prezident farmoniga asosan, 2021 yil 1 mayga qadar Özbekiston şaharlari va har bir tuman markazida piyoda va velosipedda yuriş uçun «Salomatlik yölaklari» quriladi















