Davlat statistika qömitasi ma'lumotlariga köra, 2020 yil yanvar-sentabr oylarida Özbekiston yalpi içki mahsuloti (YaIM) hajmi joriy narxlarda 408,3 trln. sömni taşkil etdi.
Joriy yilning 9 oyi yakuni böyiça yalpi içki mahsulot tarkibida qişloq, örmon va baliqçilik xöjaligining uluşi 27,3 foizdan 27,9 foizga (0,6 foiz punktga), quriliş tarmoğining uluşi – 6,9 foizdan 7,4 foizga (0,5 foiz punktga) oşgan.

Ötgan yilning mos davriga nisbatan sanoatning uluşi 29,3 foizdan 28,5 foizga (0,8 foiz punktga), xizmatlar sohasining uluşi 36,5 foizdan 36,2 foizga (0,3 foiz punktga) kamaygan.
















