Agentlik xabariga köra, nizomda davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan barça xöjalik jamiyatlari, davlat unitar korxonalari hamda davlat organlari ta'sisçi hisoblangan unitar korxonalar öz rasmiy veb-saytiga ega bölişi va ularda quyidagi ma'lumotlarni joylaştirişi va oşkora etişi belgilanmoqda:

  • korxona töğrisidagi asosiy ma'lumotlar;
  • böş iş örinlari, işga qabul qiliş şartlari va nomzodlarga qöyiladigan talablar töğrisidagi ma'lumotlar;
  • korxona tomonidan ötkaziladigan ommaviy tadbirlar (majlislar, kengaşlar, uçraşuvlar, matbuot konferensiyalari, seminarlar va brifinglar, davra suhbatlari, rasmiy taşriflar) töğrisidagi ma'lumotlar, matbuot-relizlar va kundalik faoliyat töğrisidagi boşqa axborot;
  • davlat iştirokidagi korxona va uning taşkilotlari tomonidan ötkaziladigan oçiq tanlovlar (tenderlar) va kimoşdi savdolari töğrisidagi ma'lumotlar;
  • korxonaning uluşi mavjud bölgan korxonalar, böş turgan, foydalanilmayotgan, nosohaviy aktivlari va ular töğrisidagi asosiy axborotlar;
  • buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar töğrisidagi hisobotlar;
  • boşqaruv va nazorat organlariga tölangan rağbatlantiriş miqdorlari töğrisidagi ma'lumotlar;
  • yillik moliya-xöjalik faoliyatni tekşiriş natijalari böyiça auditorlik taşkilotining xulosasi;
  • korxona ustav fondining yoki aktivlarining 50 foizidan ortiq miqdorda kredit olinganligi;
  • korxona aktivlarining 10 foizidan ortiğini taşkil etadigan korxonaning bir martalik bitimlari;
  • korxona tomonidan yirik bitimlar va manfaatdor şaxslar bilan bitimlar tuzilganligi.