Şu yil 31 may kuni Söx tumanida, Qirğiziston bilan çegarada joylaşgan Çaşma buloği oldida mojaro kelib çiqqan edi. Dastlabki ma'lumotlarda hodisa oqibatida söxliklardan 187 kişi jarohatlangani, ulardan 15 nafari vertolyotda Farğona şahriga olib borilgani aytilgandi.
Prokuratura 22 nafar şaxsga Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burçini bajarayotgan şaxsga özining xizmat vazifasini bajariş yoki fuqaroviy burçini bajarişdan voz keçişga, şuningdek, qonunga xilof harakatlar sodir etişga majbur qiliş) va 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) bilan ayblov e'lon qilgan.

16 noyabr kuni bölib ötgan navbatdagi sud majlisida sudya Tojiddin Vahobov dastlab davlat ayblovçisiga söz berdi. U töplangan dalillarga asosan, Söx voqealarida bir qança avtomaşina va yaşaş xonadonlariga moddiy zarar yetkazilganini ta'kidladi.
Şundan söng sudya har bir ayblanuvçidan e'lon qilinayotgan ayblovga iqror yoki iqror emasligini birma-bir sörab çiqdi. Ayblanuvçilarning ayrimlari iqror emasligini, ayrimlari esa qisman iqror ekanliklarini bildirişdi.


Sud majlisida sudya ayblanuvçilar Maxsum Ahmedov, Ravşan Mirşaripov hamda Nazirjon Jörayevlardan 31 may kun sodir bölgan voqea böyiça körgan-bilganlarini aytib berişni söradi.
Ayblanuvçi Maxsum Ahmedov 31 may kuni soat 14:30larda voqealar sodir bölişi arafasida uyda bölgani, Çaşma buloğida odamlar yiğilayotganini eşitib «DAMAS» rusumli avtomaşinaga ötirib töpolon bölayotgan joyga borganini, özbek va qirğizlar örtasidagi töqnaşuvni öz közi bilan körmagani, viloyatning öşa vaqtdagi hokimi Şuhrat Ğaniyev janjalli joyga kelgani haqidagi xabarni uyga qaytayotgandagina eşitganini ta'kidladi.

















