Markaziy bank Toşkent şahrida mijozlarga xizmat körsatiş sifatini baholaş yuzasidan bank xizmatlari iste'molçilari örtasida sörovnoma ötkazdi.

Mazkur sörovnoma tijorat banklari mijozlari bilan yuzma-yuz savol-javoblar şaklida ötkazilib, unda 1092 respondent iştirok etdi (450 nafar jismoniy şaxs va 642 nafar tadbirkorlik sub'yekti).

Tijorat banklarida bank xizmatlarini körsatiş sifatini baholaş yuzasidan sörovnoma 4ta mezon (işonçlilik, könikma, hozirjavoblik hamda mijozlarni qöllab-quvvatlaş) asosida ötkazildi.

Örganiş natijalariga köra, iste'molçilar tomonidan 5ta bankda (Ipak yöli banki, Aziya Alyans bank, Invest Finans bank, Oriyent Finans bank, Kapitalbank) xizmat körsatiş sifati boşqa banklarga nisbatan «yaxşi», 8ta bankda esa (Özsanoatqurilişbank, Özmilliybank, Trastbank, Hamkorbank, Aloqabank, Ipoteka-bank, Turonbank, Asaka bank) körsatilayotgan xizmatlar «qoniqarli» deb baholandi.

Şuningdek, respondentlar fikriga köra, Poytaxtbank, Mikrokreditbank, Qişloq quriliş bank, Agrobank, Xalq banki va Davr bank tomonidan körsatilayotgan xizmatlar sifati mijozlarning ehtiyojlarini «qoniqtirmaydi».

«Natijalar bank xizmatlari iste'molçilarining sörovnoma davomida bildirilgan fikrlaridan kelib çiqqan holda şakllantirilgan va Markaziy bankning pozitsiyasi hisoblanmaydi», deya qayd etilgan xabarda.

Markaziy bank banklar tomonidan körsatilayotgan xizmatlar sifatini baholaş böyiça tadbirlarni bank xizmatlari iste'molçilari örtasida davriy sörovnomalar ötkaziş orqali davom ettirişi hamda örganiş natijalari Markaziy bankning kommunikatsiya kanallari orqali keng jamoatçilikka taqdim etilişi ma'lum qilingan.

Şuningdek, kelgusida Markaziy bank tomonidan tijorat banklarida bank xizmatlarini körsatiş sifatini baholaş vositalarini kengaytiriş, şu jumladan, «sirli mijoz» mexanizmidan foydalaniş hamda sohaga ilğor xalqaro standartlarni joriy etiş rejalaştirilgan.